IELTS “Registon”da qanday o‘qitiladi?
Dunyoga mashhur Registon maydonini umrida bir bor ko‘rishni, u yerdagi madrasalarni ziyorat qilishni ko‘nglidan o‘tkazmagan inson bo‘lmasa kerak. Ajoyib joylashuvga ega bu madrasalarda zamon talabi bilan arab va fors tillari o‘rgatilgan. XXI asr bizdan ingliz, rus, xitoy, koreys tillarini mukammal bilishni talab qilmoqda. Shunday ulug‘ vazifani o‘z zimmasiga olgan, Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan “Registon” o‘quv markazi sizni yangicha uslubda chet tillarini o‘rganishga chorlaydi.
Ingliz tilini boshlovchilar uchun maxsus dastur!
Biznesda, ishda, o‘qishda ingliz tilini qay darajada bilish eng ko‘p so‘raladigan savollardan biri bo‘lib qolmoqda. Agar siz ingliz tilini bugun boshlamoqchi bo‘lsangiz, unda o‘quv markazida boshlovchilar uchun mo‘ljallangan qisqa muddatli maxsus dastur asosida o‘qishingiz zarur. Qisqa muddatda bu dasturni tugatib, keyingi bosqichga sinov asosida o‘tasiz.
Tezkor til o‘rganish kurslari!
Ingliz tili bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotni olgan bo‘lsangiz, unda keyingi bosqichda o‘zingizning bilim darajangizdan kelib chiqib mos kurslarni tanlab olishingiz o‘quv markazi tomonidan ta’minlanadi. Tezkor kurslarni tashkil etishdan maqsad qisqa muddatda ingliz tilida so‘zlashishni o‘rganish hisoblanadi.
IELTS sertifikatini qisqa muddatda olmoqchimisiz? Unda “Registon” o‘quv markazining maxsus til o‘rganish dasturi bilan tanishing!
O‘quv markazida til o‘rganish maxsus bosqichlar bilan olib boriladi:
- 1-bosqich – 1 oy. Grammar, Listening, Reading;
- 2-bosqich –1 oy. Grammar, Listening, Reading, Speaking;
- 3-bosqich – 1 oy. Grammar, Listening, Reading, Speaking, Writing;
- 4-bosqich – 3 oy. Pre-IELTS
- 5-bosqich – 3 oy. IELTS – IELTS++
Nega aynan “Registon” o‘quv markazini tanlash lozim?
- Boshlovchilar 6 oyda ingliz tilida erkin so‘zlasha oladi yoki 7 oyda noldan boshlab IELTS sertifikatini olishi mumkin;
- Ingliz tili darslari maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida, haftasiga 3 marta 1,5 soatdan, birinchi bosqichda o‘zbek tilida qolgan bosqichlarda mutlaq ingliz tilida olib boriladi;
- O‘quv markazida maxsus dastur asosida psixologik treninglar o‘tkaziladi. Sababi til o‘rganuvchilarning ko‘p hollarda irodasizlik qilishlari yoki maqsadlarining aniq emasligi, shunchaki tillarni o‘rganib qo‘yish niyatida bo‘lishlari ko‘p hollarda ularga pand beradi. Shuningdek, til o‘rganuvchilarda qat’iyat, o‘ziga ishonch, maqsad uchun kurashishko‘nikmalari ham shakllantirib boriladi;
- Fanning haqiqiy mutaxasislari bo‘lgan ustozlar jamoasi til o‘rganishning mashaqqatlarini yaxshi tushungan, bu yo‘lda ko‘p shogirdlar yetishtirgan, yetarlicha tajribaga ega bo‘lgan mutaxasislardan iborat. IELTS saboqlaridan 8,5 balli IELTS sertifikatiga ega mutaxasislar dars beradi;
- Barcha sharoitlar mavjud dars xonalari. Til o‘rganish uchun yaratib berilgan sharoitlar o‘sha tilni mukammal o‘zlashtirishga yordam beradi. “Registon” o‘quv markazida ta’lim olishi uchun mana bunday ajoyib o‘quv xonalarni taqdim etadi:
Darslar qanday nazorat qilinadi?
“Registon” o‘quv markazidagi shinam dars xonalarining barchasi kuzatuv kameralari bilan jihozlangan va dars jarayoni o‘quv markazi menejerlari tomonidan nazorat qilinadi. Betobligi sabab darsga qatnasha olmagan til o‘ranuvchilarga qoldirilgan darsni o‘zlashtirishlari uchun kuzatuv kameralari tomonidan yozib olingan jonli dars jarayoni videosi taqdim etiladi. Ota-onalar ham farzandlarining o‘quv jarayonlarida qanday qatnashayotganligini bevosita kuzatishlari mumkin.
Ota-onalar farzandlarining bilim darajasi o‘sishi haqida xabardor qilinadi.
Markazda har oy o‘tilgan mavzular yuzasidan darajani aniqlovchi sinov testlari tashkil etiladi. Ota-onalar maxsus testlar to‘plami yordamida farzandlarining bilim darajasi qay darajada va u qanchalik o‘sib borayotganini uydan turib ham aniqlashlari mumkin.
Til o‘rganuvchilar uchun quyidagilar bepul:
- Birinchi mashg‘ulot bepul
- Eng yangi materiallar bepul beriladi.
- Haftaning yakshanba kunlari:
- A) Cinema club
- B) Speaking club
- C) Psychological training club
- D) IELTS test
“Registon” o‘quv markazida abituriyentlar quyidagi fanlardan kafolatli tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin:
Ijtimoiy-gumanitar
- Tarix
- Ona tili va adabiyot
- Ingliz tili
Iqtisodiyot
- Matematika va informatika
- Ingliz tili
- Ona tili va adabiyot
Texnika
- Matematika va informatika
- Fizika
- Ona tili va adabiyot / ingliz tili
Tabiiy
- Kimyo
- Biologiya
- Ona tili va adabiyot
Har bir fan haftada 3 marta, 2 soatdan bo‘ladi.
Oylik test natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin sohibi — 100% bepul
2-o‘rin sohibi — 50% bepul
3-o‘rin sohibi — 30% bepul
“Registon” o‘quv markazida ta’lim olishni tanlagan o‘quvchilarning imtiyozlari:
- Eng yangi maktab darsliklari bepul beriladi;
- 1-avgust test sinovlari uchun maxsus psixologik dastur asosida tayyorgarlik;
- Har oyning oxirida DTM andozasida mukammal test sinovlari;
- Dam olish kunlarisiz uzluksiz o‘quv mashg‘ulotlari;
- 8—10 kishilik kichik guruhlardagi sifatli ta’lim;
- DTM testlarining tuzilishi va ularni yechishda e’tiborga olish lozim bo‘lgan jihatlari haqida qimmatli ma’lumotlar;
“Registon” o‘quv markazi o‘quvchilarni o‘z jamoasiga qabul qiladi.