Grand: Bakalavriat va magistraturada o’qish uchun 177ta grant, Germaniya
Germaniyaning Mannheim universiteti (University of Mannheim) bakalavriat va magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun grant dasturini e’lon qiladi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.
Dasturga qabul qilinishi rejalashtirilgan talabalar soni: 177 nafar.
Ariza topshirish muhlati: Quyidagi magistrlik dasturlariga ariza va hujjatlar 2018-yilning 15-martidan 30-apreligacha qabul qilinadi:
- M.Sc. Economics
- M.A. Intercultural German Studies
- M.A. Political Science
- M.A. Sociology
Quyidagi magistrlik dasturlariga ariza va hujjatlar 2018-yilning 15-martidan 31-mayigacha qabul qilinadi:
- M.A. History
- M.A. Culture and Economy: English and American Studies
- M.A. Culture and Economy: French Studies M.A. Culture and Economy: German Studies
- M.A. Culture and Economy: History
- M.A. Culture and Economy: Italian Studies
- M.A. Culture and Economy: Media and Communication Studies
- M.A. Culture and Economy: Philosophy
- M.A. Culture and Economy: Hispanic Studies
- M.A. Literature, Media and Culture in the Modern Era
- Mannheim Master in Business Research
- Mannheim Master in Data Science
- Mannheim Master in Management
- Master Competition Law and Regulation
- Master of Comparative Business Law
- Master of Education Master of Laws
- M.Sc. Mathematics in Business and Economics
- M.A. Media and Communication Studies: Digital Communication
- M.Sc. Psychology: Work, Economy and Society
- M.Sc. Psychology: Cognitive and Clinical Psychology
- M.Sc. Language and Communication
- M.Sc. Business Informatics
- M.Sc. Economics and Business Education
Qolgan barcha magistrlik va bakalavriat yo’nalishlariga ariza va hujjatlar 2018-yilning 15-martidan 31-mayigacha qabul qilinadi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat yoki magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma’lumot uchun link
Rasmiy havola
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu grantni qo’lga kiritgan har bir 2018-yilning 1-avgustidan 2019-yilning 31-iyuliga qadar har oy 300 yevro miqdoridagi stipendiya bilan ta’minlanadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Bakalavriat bosqichiga hujjat topshirmoqchi bo’lganlar o’rta-maxsus ta’limni bitirgan, magistraturaga topshirmoqchi bo’lganlar bakalavriatni bitirgan bo’lishi kerak.
- Nomzod (bakalavriatga topshirayotganlar ham, magistraturaga topshirayotganlar ham) nemis tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak (CEFR C1).
- Universitetning istalgan yo’nalishidagi nomzod ushbu stipeniyaga hujjat topshirishi mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:
- Motivatsiya xati (1 betdan ko’p bo’lmasligi kerak).
- CV.
- O’tilgan fanlar va ulardan olingan baholar ro’yxati.
- Kollej/litseyni bitirganligi (bakalavriat uchun) yoki bakalavr bosqichini bitirganligi (magistratura uchun) haqidagi diplom.
- Turli amaliyot dasturlarida, ijtimoiy dasturlarda, kurslarda o’qiganligi haqidagi sertifikat/diplomlar (Bu hujjatlar nomzodda bo’lsa topshiriladi, nomzod bunday hujjatlarga ega bo’lmasa, topshirishi shart emas).
- Biror tanlovda taqdirlanganligini isbotlovchi hujjatlar (agar bo’lsa).
- Shaxsiy yoki oilaviy ahvolini ko’rsatuvchi hujjat nusxasi (agar bo’lsa).
Hujjat topshirish jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi:
- Dastlab nomzod universitetning bakalavriat yoki magistratura dasturlaridan biriga hujjat topshirishi va unga qabul qilinishi kerak. Bu jarayonni amalga oshirish uchun SHU YERGA tashrif buyuring.
- Universitetning bakavrlik yoki magistrlik dasturlaridan biriga qabul qilingandan keyin, ushbu grantga hujjatlar topshiriladi. Grantga hujjat topshirish uchun SHU YERGA tashrif buyuring.
Manba Grantlar.uz