Repetitor-o‘qituvchilar va til o‘rgatuvchi pedagoglar diqqatiga!

Repetitor-o‘qituvchilar va til o‘rgatuvchi pedagoglar diqqatiga!

“Registon” o‘quv markazi 2018—2019-o‘quv yili uchun tajribali pedagoglarni shartnoma asosida ishga taklif etadi. An’anaga ko‘ra, markazda avgust oyining oxirgi o‘n kunligida o‘qituvchilarning sinov asosida qabul jarayoni bo‘lib o‘tadi. Qabul jarayonida o‘quv markazi o‘z jamoasiga tajribali o‘qituvchilarni jalb etadi. Bunda ishtirok etmoqchi bo‘lgan barcha o‘qituvchilarni markazimizga taklif etamiz.

O‘qituvchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tanlab olinadi:

  1. Abituriyentlarni tayyorlovchi mutaxassis;
  2. Tillarni mukammal o‘rgatuvchi mutaxassis.

Abituriyentlarni tayyorlovchi mutaxassislarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha shartnoma asosida ishga qabul qilamiz:

  1. Ona tili va adabiyot fani bo‘yicha repetitor-o‘qituvchi;
  2. Tarix fani bo‘yicha repetitor-o‘qituvchi;
  3. Ingliz tili fani bo‘yicha repetitor-o‘qituvchi;
  4. Matematika fani bo‘yicha repetitor-o‘qituvchi;
  5. Fizika fani bo‘yicha repetitor-o‘qituvchi;
  6. Kimyo fani bo‘yicha repetitor-o‘qituvchi;
  7. Biologiya fani bo‘yicha repetitor-o‘qituvchi;
  8. Informatika fani bo‘yicha repetitor-o‘qituvchi.

Tillarni mukammal o‘rgatuvchi mutaxasislarni quyidagi tillarni o‘rgatish bo‘yicha shartnoma asosida ishga qabul qilamiz:

  1. Umumiy ingliz tili (IELTS kursi);
  2. Rus tili;
  3. Koreys tili va boshqa tillar.


Sinovda qatnashmoqchi bo‘lgan o‘qituvchilar quyidagi jihatlarga ega bo‘lishlari lozim:

  1. Fan yoki tilni o‘rgatish bo‘yicha mutaxasisligini tasdiqlovchi bakalavr yoki magistr diplomi;
  2. Fan yoki tilni o‘rgatish bo‘yicha kamida 5 yillik tajriba;
  3. O‘z yo‘nalishiga ega bo‘lgan hamda ishi natijasini ko‘rsata olgan mutaxasis bo‘lishi;
  4. O‘z ishini sevadigan va, albatta, vatanparvar inson bo‘lishi kerak.

O‘quv markazimizda:

  1. Barcha talablarga javob beradigan shinam xonalar;
  2. Zamonaviy kompyuter va printerlar;
  3. Yosh va xushchaqchaq jamoa;
  4. Qulay joylashuv (o‘quv markazimiz “Chilonzor” metro bekati yonida);
  5. Eng asosiysi, ko‘ngildagidek oylik va boshqalar muhayyo.