“Salom yoz” aksiyasida ishtirok etmoqchimisiz? Unda shoshiling! Ro’yxatga olish boshlandi.

“Salom yoz” aksiyasida ishtirok etmoqchimisiz? Unda shoshiling! Ro’yxatga olish boshlandi.

Yozgi ta’til kunlaridan foydalanib, yangi o‘quv yiliga mukammal tayyorlanmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari diqqatiga!

Bu yilgi yoz qiziqarli, esda qolarli voqealar bilan yodingizda qolishini xohlaysizmi? Unda shoshiling! Ko‘pchilik bolajonlarimiz intizorlik bilan kutgan yoz fasli ham tashrif buyurmoqda. “Registon” o‘quv markazi har yili bolajonlar, maktab o‘quvchilari hamda til o‘rganuvchilar uchun maxsus dastur asosida “Salom yoz” aksiyasini o‘tkazadi.

“Salom yoz” aksiyasining afzalliklari quyidagilar:

  1. Ta’til vaqtini unumli o‘tkazish hamda darsliklarni mukammal o‘zlashtirish imkoniyati;
  2. Barcha mashg‘ulotlar ertalabga rejalashtirilgan, ya’ni kunning issiq vaqti boshlanguncha o‘quvchilar uyida bo‘ladi.
  3. “Yozgi maktab” dasturi asosida o‘quvchi bor-yo‘g‘i uch oy ichida bitta tilni yetarli darajada o‘rganib oladi.
  4. “Yozgi maktab” dasturi asosida o‘quvchi bitta yo‘nalish bo‘yicha bepul shaxmat to‘garakka a’zo bo‘lishi mumkin.
  5. Ushbu aksiya o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik va hurmat, jamoa bo‘lib ishlash, ko‘pchilik bilan muloqotga kirisha olish tuyg‘ulari shakllantiradi.

Ushbu aksiyaning maqsadi ta’til davomida vaqtni shunchaki emas, balki ham kerakli, ham qiziqarli mashg‘ulotlar bilan o‘tkazish hisoblanadi.

Mashg‘ulotlar o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

“Salom yoz” aksiyaga qabul 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich 1-sinfdan 7-sinfgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari uchun:

Dars jarayonlari haftada 3 marta 60 daqiqadan bo‘ladi.

  • Ingliz tili
  • Rus tili
  • Koreys tili
  • Xitoy tili
  • Matematika (rus va o‘zbek tillarida)

2-bosqich 8-sinf va undan yuqori sinf, kollej va litsey o‘quvchilari uchun:

Dars jarayonlari haftada 3 marta 90 daqiqadan bo‘ladi.

  • Rus tili
  • Ingliz tili
  • Koreys tili
  • Xitoy tili
  • Matematika
  • Fizika
  • va boshqa maktab darsliklari mukammal o‘zlashtiriladi.

Barcha bosqich o‘quvchilari uchun har yakshanba kuni bepul mashg‘ulotlar:

  • Speaking club
  • IELTS test
  • Deabate club
  • Cinema club
  • va boshqa qo‘shimcha darslarga qatnashishlari mumkin.

Barcha sharoitlari mavjud dars xonalari

Bolajonlar uchun yaratib berilgan sharoitlar fanni mukammal o‘zlashtirishlariga yordam beradi. “Registon” o‘quv markazi barcha bolajonlar va maktab o‘quvchilari uchun mana bunday ajoyib o‘quv xonalarini taqdim etadi:

Darslar qanday nazorat qilinadi?

“Registon” o‘quv markazidagi shinam dars xonalarining barchasi kuzatuv kameralari bilan jihozlangan va dars jarayoni o‘quv markazi menejerlari tomonidan nazorat qilinadi. Betobligi sabab darsga qatnasha olmagan bolajonlarga qoldirilgan darsni o‘zlashtirishlari uchun kuzatuv kameralari tomonidan yozib olingan jonli dars jarayoni videosi taqdim etiladi. Ota-onalar ham farzandlarining o‘quv jarayonlarida qanday qatnashayotganligini bevosita kuzatishlari mumkin.

Ota-onalar farzandlarining bilim darajasi o‘sishi haqida xabardor qilinadi.

O‘quv markazida tashkil etiladigan imtihonlar natijalari www.rgn.uz saytida e’lon qilinadi. Ota-onalar farzandlarining natijalarini sayt yoki test tashkilotchilarining maxsus SMS-xabarnomalari orqali bilishlari mumkin.

Qulay joylashuv

Ota-onalar va bolajonlar uchun yo‘lga ketadigan vaqtni tejash juda muhim. Shu sababdan “Registon” o‘quv markazi binolari har tomonlama qulay manzilda joylashgan .

Shoshiling, bu yoz siz kutgan maroqli lahzalarni boy bo‘ladi. Yozni “Registon” o‘quv markazi bilan qarshi oling.

25-may kunidan qabul boshlandi. Shoshiling, joylar soni cheklangan.

 

[vc_row][vc_column width=”1/4″][/vc_column][vc_column width=”1/2″][vc_column_text]Aksiyada ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’ting.

[formidable id=5][/vc_column_text][/vc_column][vc_column width=”1/4″][/vc_column][/vc_row][vc_row][vc_column][vc_column_text]