Yangi inglizcha so’zlarni o’rganishning oson yo’llari

Yangi inglizcha so’zlarni o’rganishning oson yo’llari

Work Smart, not hard

Ingliz tilini o’rganish bir qarashda qiyindek tuyulishi mumkin, lekin ingliz tili dunyodagi eng oddiy va soda tillardan biri hisoblanadi. Ingliz tili gramatikasi eng oson gramatikalardan biri hisoblanadi. Shunday bo’lsada ko’pchilik o’quvchilar ingliz tilini qiyin deb hisoblaydi? Chunki ingliz tilidagi so’zlar o’zbek tilidagi so’zlarga nisbatan boshqacharoq talaffuz qilinadi va aynan shu jihat kishida qiyinchilik tug’diradi. Ko’pchilik til o’rganuvchilarni bir savol qiynaydi: “Qanday qilib so’z boyligimni oshirsam bo’ladi?” Albatta bu oson ish emas. Agar gramatikani yaxshi o’rgansangiz lekin so’z boyligingiz yetarlicha bo’lmasa bo’layotgan suhbatni tushuna olmaysiz, chunki grammatika faqat so’zlarni to’g’ri joyga qo’yish uchun ishlatiladi, so’z esa biror fikrni tushintirib berish uchun. So’z bilish grammatikadan ko’ra muhimroq sanaladi va aynan yangi so’zlarni o’zlashtirish odamda qiyinchilik tug’diradi. Lekin to’g’ri taktika va texnika orqali siz yangi so’zlarni tez va samarali yodlashingiz mumkin. Quyidagi usullar bunga misol bo’la oladi.

1. Mind maps

Bir mavzuga oid so’zlarni o’rganish juda ham yaxshi usul. Aytaylik, atrof muhitga oid so’zlarni daftaringizga yozib oldingiz, ularni qanday qilib yodlab qolishingiz mumkin? Albatta, ularni tarjimasi bilan ketma-ket yozib, bir boshidan yodlab chiqish bir usul, lekin bu usul samarali hisoblanmaydi. Sizning miyyangiz bu tarzda ishlay olmaydi, u obrazlarda ishlaydi. Shuni bilingki so’z o’rganayotganingizda siz har doim miyyangizning chap tomonidan foydalanasiz. Lekin samarali so’z yodlash uchun siz miyyaning ikkala sharini ham ishlatishingiz kerak bo’ladi, shundagina siz o’rgangan so’zingizni hech qachon unutmaysiz. Yang iso’zlarni yodlash uchun “Mind Maps” bu juda ham samarali usul.

Bu usulda ijodkorlik juda ham muhim bo’ladi. O’zingiz yoqtirgan dizaynda so’zlarni bir qog’ozga yozib chiqishingiz kerak. Shuni unutmangki ular tushunarli va bir biriga bo’gliq bo’lishi kerak. Masalan men tayyorlagan “mind map”ni ko’raylik:

Bundan qanday qilib foydalanish mumkin? Agar siz IELTS imtihoniga tayyorlanayotgan bo’lsangiz “mind map”lardan samarali tarzda foydalanishingiz mumkin. Siz tayyorlagan narsadan foydalanib bir mavzu bo’yicha 2 daqiqalik og’zaki nutq so’zlashingiz mumkin, bu tarzda siz yozib qolgan so’zlaringizni yaxshiroq esda qolishiga zamin yaratgan bo’lasiz.

2. So’z birikmasini organing, so’zlarning ozini emas.

Ko’pchilik Ingliz tilini o’rganuvchilarda kuzatiladigan katta xato bu so’zlar birikmasini emas balki so’zlarni o’zini o’rganishdir. Bu nimani anglatadi? Aytaylik siz o’tgan kuningiz haqida gapiryapsiz, ish boyicha uchrashuv o’tkazdingiz, “meeting” so’zini yodlagansiz lekin uchrashuvga tegishli birikmani (hold a meeting, give a workshop) ko’pchilik ham bilavermaydi, bu narsa gapirishda o’rganuvchiga qiyinchilik tug’diradi va nima demoqchiligingizni aniq tarzda yetkazib bera olmaysiz.

Yangi so’z yodlaganda u so’z bilan odatda birga keluvchi so’zlarni (collocation) ham yodlash zarur va aynan shu siznining Ingliz tilida mukammal tarzda gapirishingizga imkon yaratadi.

  • ‘What verb/noun goes with (collocates with) this word. Is there more than one?’
  • ‘What is the grammar after this word?’ E.g. If it is a verb do you put ing or the infinitive after it? Do you need a noun after or noun phrase? Can you put a clause after it?

Let’s look at ‘recommend’.

  • I recommend youdo…
  • I recommend that you do…
  • I recommend doing…

But NOT

  • I recommend you to do.
  • I recommend you should do.