2018/2019 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

2018/2019 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

2018 yil 4 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.

Qarorga muvofiq 2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha umumiy kvota:

bakalavrlar uchun 69 200 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 17 654 nafar va to‘lov-kontrakt asosida – 51 546 nafar;

magistrlar uchun 5 903 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 1 552 nafar va to‘lov-kontrakt asosida – 4 351nafar;

maxsus sirtqi bo‘limlarda bakalavrlar uchun 11 765 nafar, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha – 15 nafar va to‘lov-kontrakt asosida – 11 750 nafar etib belgilandi.

Shuningdek, ayrim o‘zgarishlar ham belgilandi, jumladan:

— “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash o‘qish muddati 3 yil bo‘ladi;

— Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filiali qaytadan tiklanadi (o‘tgan yili yopilgandi);

— OTMlarning sirtqi va kechki ta’lim bo‘limlariga umumiy qabul kvota respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2018/2019 o‘quv yili uchun tasdiqlangan umumiy qabul kvotasining 30 foizigacha bo‘lgan miqdorida belgilanadi;

— sirtqi va kechki ta’lim bo‘limlarida o‘qitish to‘lov-kontrakt asosidaamalga oshiriladi;

— OTMlarning sirtqi va kechki ta’lim bo‘limlarida o‘qitish qiymati tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi o‘qitish shakli qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorida belgilanadi.

 

Manba: Xushnudbek.uz