Oliygohlarda qabul rejasini va bir o’ringa topshirilgan hujjatlar sonini kuzatib boring

Oliygohlarda qabul rejasini va bir o’ringa topshirilgan hujjatlar sonini kuzatib boring

Assalomu alaykum hurmatli Registon o’quv markazi sayti o’quvchilari! Abituriyentlar qiziqishlarini inobatga olib oliy ta’lim muassasalarida qabul qilingan hujjat (ariza)lar to‘g‘risida ma’lumotlarni bilib borish yo‘lga qo‘yildi.

Endilikda Siz oliy ta’lim muassasalariga bormasdan qaysi oliy ta’lim muassasasiga va qaysi ta’lim yo‘nalishiga qancha ariza topshirilganligi haqidagi ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borishingiz mumkin.

O’zingizni qiziqtirgan hududni tanlang, oliygohni tanlang va qaysi yo’nalishga real vaqtda qancha hujjat topshirilganini bilib boring. Sizga oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishlari kesimida qabul rejasi hamda qabul qilingan arizalar soni to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etiladi. Yaxshi tayyorlangan abituriyent uchun uning joyiga minglab abituriyent hujjat topshirgan bo’lsa-da, uni bu qiziqtirmaydi. Lekin baribir qiziqda 

Jadval bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin:

Bundan tashqari siz hujjatlar topshirilishi jarayoni va boshqa ma’lumotlarni DTM tomonidan ishlab chiqilgan Unistat mobil dasturi orqali ham bilib borishingiz mumkin. 


 

Unistat ilovasini Google Playdan o’rnatib olishingiz mumkin: