Avstraliya: bakalavr va magistratura uchun 25000 AQSh dollar grant

Avstraliyadagi eng kuchli OTMlar o’ntaligiga kirgan Macquarie University universitetining bakalavr va magistratura bosqichlaridagi kurslar uchun ajratilgan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur iqtidorli va a’lochi chet ellik talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Macquarie universitetida o’qitiladigan barcha kurslar haqidagi ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma’lumot uchun link

Rasmiy havola

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabaga o’quv kontrakti to’loviga yo’naltirish uchun 35000 AUD (24,851.75 AQSh dollari) gacha miqdorda mablag’ ajratiladi. Univeristetdagi kurslar uchun kontrakt to’lovi kursning o’ziga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Sizni qiziqtirgan kursning kontrakti qancha ekanligini bu yer orqali bilib olishingiz mumkin.

Talablar:

Vice Chancellor’s International Scholarships grantlari quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Avstraliya yoki Yangi Zelandiya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod Macquarie universitetining tegishli kursiga qabul talablariga to’liq javobbergan holda o’qishga qabul qilingan bo’lishi shart. Bunda nomzod ham akademik talablarga, ham ingliz tilini bilish talabiga mos bo’lib, grantga ariza berishning so’nggi muhlatidan oldin universitetning o’ziga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak. Magistratura kursi uchun grant yutib olmoqchi bo’lgan nomzodlar 7 ballik GPA shkalasida kaida 5 ball to’plagan bo’lishlari kerak. Bakalavr bosqichi talabalari esa ATAR’dan (100 dan) 90 ball olishlari zarur.
  3. Nozmod o’qishga kirgan kurs bir semestrdan uzoqroq vaqt davom etishi kerak.
  4. Nomzod o’zi o’qishga kirgan bosqichga teng daraja beradigan boshqa kursda ilgari o’qimagan bo’lishi kerak. Masalan, bakalavr kursiga o’qishga kirgan talaba ilgari ham bakalavr kursida o’qigan bo’lsa va bu ikkinchi marta shu bosqichdagi kursda o’qishi hisoblansa, bu nomzodga grant berilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Nomzod ingliz tilini kamida IELTS 6.5 darajasida bilishi va bunga dalil sifatida sertifikat taqdim eta olishi zarur.
  2. Bakalavr kursiga hujjat topshirayotgan nomzod o’rta va yuqori maktablarni tugatgan bo’lishi, keyingi bosqichlar uchun esa bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak. Kurslarga qabul talablari haqida batafsil.

Eslatib o’tamiz, ushbu grant uchun ariza berishdan oldin Macquarie universitetiga o’qishga kirish zarur. Buning uchun, o’zingiz tanlagan kursga hujjat topshiring. O’qishga qabul qilinganingizda sizga universitet talabasining ID raqami beriladi, uni olgach, Grantga ariza berishingiz mumkin bo’ladi.

Ma’lumot uchun [email protected] manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Manba: Grantlar.uz

Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!