Bilimimizni oshirishga yo’naltirilgan strategiya

Bilimimizni oshirishga yo’naltirilgan strategiya

Mustaqil taʼlim olish soʻnggi yillarning soʻzsiz trendiga aylandi. Zamonamiz kishisi oldinga harakatlanish va rivojlanishga vaqt ajratishga majbur, busiz na yaxshi pul topishning va na doʻstlar orttirishning iloji boʻlmaydi. Biroq oʻqigisi kelmagan inson nima qilishi kerak? Quyida diqqatingizga havola qilinadigan tavsiyalar oʻzingizni qoʻlga olishga va muhim ishlar bajarishni orqaga suraverishga chek qoʻyishga yordam beradi.

Joy va jihozlar.

Birinchi navbatda oʻzingizni salbiy tashqi taʼsirlardan butunlay chegaralashingizga toʻgʻri keladi. Bilim olish uchun oldindan maxsus joy tayyorlab qoʻying: ortiqcha shovqin-suronsiz, doʻst-birodarlarsiz va eng yaxshisi – ijtimoiy tarmoqlarga kirish imkonisiz! Dars qilishingiz uchun zarur boʻlgan barcha oʻquv qurollarini taxt qilib qoʻying, shunda unutilgan qalam, daftar yoki shunga oʻxshash narsalarni olish uchun diqqatingiz boʻlinmaydi.

Suv va yegulik.

Foliyatimiz samaradorligi toʻgʻridan-toʻgʻri quvvat zahiramizga (yegulik) va organizmning gidratsiya darajasiga (suv) bogʻliq. Fast-fudning har qanday turidan voz keching: ularni isteʼmol qilganda quvvat tez kelgani bilan tezda uyqungiz kelib qoladi.

Maqsad.

Mavhum maqsadlardan saqlaning. “Men boy boʻlish uchun bilim olyapman”, deya koʻrmang. Ong bunday tasniflarga boʻysunmaydi, unga aniqlik kerak. Rasm chizishni oʻrganmoqchimisiz? Miyangizda faqat muayyan dars rejasini qoldiring: shtrixlash, laynvork, shaklga ishlov berish. Bajarilgan ish miyani dofamin dozasi bilan taʼminlaydi, demak, keyingi safar siz bunday ish yoki darsga katta ishtiyoq bilan kirishasiz.

Mukofot

Oʻqishga dressirovkadek munosabatda boʻling. Sevimli itingiz buyrugʻingizni bajarsa nima qilasiz? Toʻgʻri, unga biror mazali yegulik berasiz. Oʻzingiz bilan ham xuddi shunday: ishni bajardingizmi, “bir boʻlak qanding”izni oling. Bu sizga gʻalati eshitilsa-da, amalda yaxshi natija beradi.

Boshlang.

Oʻzingizni biror bir ishga ragʻbatlantirishda koʻpincha eng qiyini uni boshlash boʻladi. Biz ishlarimizni oxirgacha orqaga surishga odatlanib qolganmiz. Bu notoʻgʻri. Biror bir ishni amalga oshirishga qaror qildingizmi – boshlang, boʻshashmang! Qancha tez boshlasangiz, shuncha yaxshi.

Jadval yoki rejaIshni boshlashda doimiy tartibga oʻrganish qiyin. Agar siz reja boʻyicha ishlashga oʻrganmagan boʻlsangiz, u holda jiddiy harakat qilishingizga toʻgʻri keladi. Sizning oʻquv jadvalingiz hech qanday tashqi omillar sabab buzilmasligi kerak: rejada bormi, demak bajarilishi shart. Ikkinchi haftaning oxiriga borib, qoidalarga rioya qilish uchun katta kuch sarflashingizga hojat qolmaydi.

Repetitor.

Repetitor baʼzan muammoning yechimi boʻlib xizmat qilishi mumkin. Agar oddiy misollarni ham yecha olmasangiz, u holda maxsus oʻqituvchini yollash – vaziyatdan chiqishning deyarli yagona yoʻli. Biri oy davomida repetitor boshchiligida ishlab koʻring, shunda asta-sekin mashgʻulotlarga koʻnikib borasiz va ongingizni ishlashga oʻrgatasiz.