Doimiy bilim olish ko’p narsani bilishdan muhimroqmi?
Microsoft korporatsiyasining bosh ijrochi direktori Satya Nadella psixolog Kerol Dvekning “Muvaffaqiyatning yangi psixologiyasi. Oʻyla va gʻolib boʻl” kitobi unga qanday ilhom baxsh etgani haqida soʻzlab berdi.
“Men bu kitobni oʻqiganimda biznes haqida emas, oʻz farzandlarimning taʼlim olishi haqida oʻyladim, – deydi Nadella. – Muallif maktabdagi oʻquvchilarni misol qilib keltiradi. Ulardan biri – ”bilagʻon“, boshqasi esa har qanday yangi bilimni oʻzlashtirishga tayyor. Muntazam bilim oluvchi inson avvaldan qobiliyatliroq boʻlgan ”bilagʻon“dan koʻproq muvaffaqiyatga erishadi. Oʻylashimcha, bu nafaqat maktab oʻquvchilari, balki rahbarlar va butun bir tashkilotlarga ham taalluqlidir”.
Bu maslahat har qanday sohada ish beradi. Uni bor-yoʻgʻi bir gapgacha umumlashtirish mumkin.
Barchasini biluvchi emas, doimiy bilim oluvchi boʻling.
Sizning hamma narsani bilishingizga boʻlgan ishonch boshqalarga nisbatan haqoratdek tuyuladi. U endi siz hech narsani oʻrganmasangiz ham boʻladi, deb oʻylashga majbur qilishi mumkin. Bu esa, sizning karyerangiz, shaxs sifatida oʻsishingizga ziyon yetkazishi mumkin. Shu bois doim yangi bilimlarga intilishingiz va hayotda nimanidir bilmasligingizni tan olishga tayyor turishingiz kerak.