Yangi foydali odatlarga o’rganish aslida qiyin emas

Yangi foydali odatlarga o’rganish aslida qiyin emas

Maqsadlarga erishish, yaqinlar bilan munosabatlarni yaxshilash va oʻz-oʻzingiz bilan uygʻunlikda yashashni qanday qilib osonlashtirish mumkin?

Tadbirkor Liz Xyuber (Liz Huber) unga muvaffaqiyatli va samarali inson boʻlishiga yordam bergan eng muhim odatlar roʻyxatini tuzdi.

Biroq dastlab yangi odatlarga qanday qilib oʻrganish va ularni amaliyotga joriy etishni yodga olamiz:

Oʻz odatlaringizni modellashtiring.Haftasiga uch marta yugurish bilan cheklanmang. Bir kunni tanlang va uni kalendarga kiriting. Keyin belgilangan grafikka amal qiling.

Trigger yarating. Masalan, uygʻotgich, kalendardagi eslatma yoki muayyan harakat (transportga oʻtirish yoki uyga kirish). Vaqt oʻtishi bilan miya bu muayyan odatga bogʻliq ekanini eslab qoladi.

Uch hafta davomida bir kunni ham qoldirmang. Bu vaqt davomida odatlar ilgari shakllanadi. Keyin esa u avtomat harakatga aylanadi.

Odatlarni bittadan qoʻshib boring. Bir vaqtning oʻzida bir nechtasiga qoʻl urmang. Avvalgisi mustahkam boʻlib olgach, keyingisiga oʻting.

Munosabatlar

1. Agar turmush oʻrtogʻingiz bilan anchadan beri birga yashayotgan boʻlsangiz, haftada bir marta uchrashuvga chiqishni unutmang. Bu kundalik ishlardan uzoqda muloqot qilish va aloqalaringizni mustahkamlash imkonini beradi. Uyda kechani birga oʻtkazish buning uchun toʻgʻri kelmaydi.

2. Ota-onangizdan tez-tez xabar oling. Har kuni bir marta qoʻngʻiroq qiling.

4. Sizga qancha muloqot yetarli ekanini aniqlang. Agar introvert boʻlsangiz, haftasiga bir marta yaxshi doʻst bilan birga ovqatlanish, dam olish kunlarini esa oila bilan oʻtkazish yetarli boʻladi. Agar ekstravert boʻlsangiz, haftasiga bir necha marta qayergadir borsangiz, dam olish kunlari doʻstlar kompaniyasi bilan yigʻilsangiz boʻladi.

5. Haftada bir kunni yoki dam olish kunining bir qismini yaqinlaringizni borib koʻrish uchun ajrating. Masalan, shahar chekkasiga chiqing, konsertga boring yoki sport oʻyinlarini oʻynang. Bu munosabatlarni mustahkamlaydi.

6. Har hafta beshta yangi inson bilan tanishishga harakat qiling. Yoki oʻnta, yoki hech boʻlmaganda bitta. Bu hozir sizga muloqot doirasini kengaytirish qay darajada zarur ekaniga bogʻliq.

Qalb muvozanati

7. Tongda xotirjamlikka ega boʻlish uchun meditatsiya qilishni odat qiling. Oʻzingizni muvaffaqiyatga sozlash uchun ijobiy tasavvurni ishga soling.

8. Tongda oʻrningizni toʻgʻrilang. Bu samaradorlikka oʻz xissasini qoʻshadi.

9. Salbiy fikrlar, qoʻrquv va havotirni “qoʻyib yuborish” uchun kuniga bir necha daqiqa ajrating. Ularni tan oling, nima qilish mumkinligini hal eting va ushbu harakatlarni rejalashtiring. Kun davomida bunday fikrlarga vaqt ajratmang.

10. Kundalik tashvishlardan kuniga yarim soat yoki bir soat xoli boʻling. Tabiat qoʻyniga chiqing, yoga bilan shugʻullaning, kitob oʻqing yoki yaqinlaringiz bilan birga boʻling.

11. Sizga quvvat beradigan narsaga kunda vaqt ajrating. Masalan, qiziqarli inson bilan suhbat, ijobiy film, gʻaroyib kitob, bir finjon sevimli choy.

12. Kundalik ishlarni yangichasiga bajaring: nomaʼlum taomni tayyorlang, ishga boshqa yoʻldan boring, tishlaringizni bir oyoqda turgan holda yuvib koʻring. Xilma-xillik miya uchun foydali.

13. Hafta soʻngida uylarni tozalang. Telefon va kompyuterdagi ortiqcha narsalardan xalos boʻling. Keraksiz suratlar, xabar va ilovalarni oʻchirib tashlang. Atrofdagi tartib fikrlardagi tartibga yordam beradi.

14. Har kuni kechki payt nima uchun shukrona aytishingizni yozing. Yana uxlashga xalaqit berayotgan yigʻilib qolgan fikrlarni ham “chiqarib tashlang”.

15. Xotirjam boʻlishga yordam beradigan kechki odatga ega boʻling. Masalan, barcha elektron qurilmalarni oʻchiring, dush qabul qiling, bir finjon choy iching, kundaligingizga yozing, kitob oʻqing. Vaqt oʻtishi bilan bu odat miya uchun uyqu rejimiga oʻtish signalini anglatadi.

Muvaffaqiyat

16. Kelasi haftani yakshanba kunidan rejalashtiring. Ana oʻshanda dushanba kuni ishga kirishish oson boʻladi. Siz qaysi ishni birinchi boʻlib boshlashni darhol bilasiz.

17. Qulaylik zonasidan chiqing. Aynan uning tashqarisida gʻaroyib ishlar sodir boʻladi.

18. Barcha muhim ishlarni tongda bajaring. Bu ishyoqmaslikni yengib oʻtishda yordam beradi. Ishingiz qay darajada murakkab boʻlmasin, uni darhol oʻrganish va yoqimsiz onlarni ortga surmaslik zarur.

19. Pochta bilan ishlash uchun maxsus vaqt ajrating. Shunday qilsangiz, har bir yangi xabarga chalgʻimaysiz va muhim ishlarga diqqatingizni qarata olasiz.

20. Dam olishni unutmang. Kun davomida tanaffuslar qiling, ishdan boʻsh vaqtda yaxshi xordiq chiqaring, vaqti-vaqti bilan taʼtil oling. Bu quvvat olish va narsalarga boshqa tomondan qarash imkonini beradi.

21. Kichik gʻalabalarni nishonlang. Biroz tin olib, nimaga erishganingizni eslang. Aks holda bir xillik oqimiga tushib qolib, gʻalabalarni sezmay qolasiz.

22. Oʻz fikrlaringiz bilan oʻralashib qolmang. Harakatda boʻling. Mukammallikka intilib ishni ortga surgandan koʻra, yaxshisi biror narsani ideal boʻlmasa-da, oxirigacha amalga oshirgan maʼqul.Rivojlanish

23. Shaxsiy rivojlanish uchun maslahatlarga ega boʻlish uchun podkastlar tinglang. Buni ishga ketish yoʻlida, tozalash va ovqat tayyorlash vaqtida amalga oshirish qulay.

24. Serial va televizion koʻrsatuvlar oʻrniga hujjatli film, vebinar va turli mavzularda taʼlim beradigan videolar tomosha qiling. Bu sizga biroz xotirjam boʻlish imkonini beradi. Vaqt oʻtishi har kuni bilim olish odatga aylanadi.

25. Mutolaa qiling. Masalan, uyqudan oldin. Bu tinchlanishga yordam beradi. Dam olish kunlarida oʻqish va audiokitoblarga koʻproq vaqt sarflang.

26. Oʻtgan hafta yakunlarini oʻrganing. Buning uchun yakshanba kuni bir necha daqiqa sarflang. Nima yaxshi oʻtgani, qanday muammolar bilan yuzma-yuz kelganingiz, kelasi hafta nimani oʻzgartirish kerakligini oʻylab koʻring. Kelasi haftani yangidan boshlang.

Salomatlik

27. Har kuni sakkiz soat uxlang. Yoki miriqib uxlashingiz uchun qancha kerak boʻlsa, shuncha uxlang.

28. Sport bilan har kuni shugʻullaning. 15 daqiqa terlash kifoya. Yuragingiz buning uchun sizdan minnatdor boʻladi.

29. Aql bilan isteʼmol qiling. Ovqatlanish vaqtida boshqa mashgʻulotlarga chalgʻimang. Televizor koʻrmang va xabarlarga javob bermang. Taom mazasiga diqqat qarating va har bir boʻlakdan lazzatlaning. Yarim porsiyani yeb boʻlgach, toʻxtang. Ochlik hissi qolgan-qolmaganini tushunishga harakat qiling. Agar yoʻq boʻlsa, koʻp yeb yubormang.

30. Toʻgʻri ovqatlaning. Yarim tayyor mahsulotlarni emas, yangi mahsulotlarni koʻproq isteʼmol qiling.