Qanday qilib 2 oyda chet tilini o’rganish mumkin?
Bolalar chet tillarini kattalarga nisbatan tezroq oʻrganishadi deb hisoblanadi. Lekin bolalikda chet tilini oʻrganmagan boʻlsangiz, hozir esa xorijiy tilni bilish zarur boʻlib qolsa nima qilish kerak? Tushkunlikka tushmang. Chet tilini bir necha oy ichida oʻrganish imkonini beruvchi bir nechta amalda sinalgan usullari bor. Asosiysi, sizdan harakat va qunt talab qilinadi.
Suhbatlar
Xorijiy tilni oʻrganayotgan deyarli har bir kishining eng katta muammosi suhbatlashishdagi qiyinchilikdir. Biz chet tilini tushunamiz, kitob va filmlarni bemalol aglaymiz, lekin gapirishga kelganda muammoga duch kelamiz. Bu muammo faqat amaliyot orqaligina hal qilinadi. Nutqingizni rivojlantirishning imkoniyatlarini toping: skayp, ijtimoiy tarmoqlarda suhbatdoshlar bilan tanishing.
Duolingo
Bu chet tilini tez va bepul oʻrganish borasida bozordagi eng yaxshi ilovalardan biridir. Ilovaning oʻziga xos tizimi sizni zerikishingizga yoʻl qoʻymaydi, buning ustiga til oʻrganish juda oson kechadi. Kuniga 15-20 daqiqa shugʻullansangiz kifoya.
Tanish matnlarni tarjima qilish
Oʻz ona tilingizda oʻqigan xorijiy hikoyalarning oʻsha tildagi matnini oʻqishdan boshlang. Shunda siz alohida soʻzlarning maʼnosini ham tushunasiz, oʻzingizga tanish matn orqali undagi soʻzlarni yaxshiroq eslab qolasiz.
Rejalashtiring
Aslida, til oʻrganishda eng asosiysi qatʼiy tartibga rioya qilishdir. Kuniga uch soatlab til oʻrganishning hojati yoʻq. Til oʻrganish uchun aniq vaqtni belgilab oling va 30 daqiqa vaqt ajrating hamda ushbu tartibdan hech qachon chiqib ketmang.
Kerakli soʻzlarni oʻrganing
Butun bir lugʻatni oʻrganish shart emas. Har qanday tilni ham keng tarqalgan soʻzlarni oʻrganib tushunib olish mumkin. Tilshunoslarning taʼkidlashlaricha, chet tilini 60 foiz tushunish uchun oʻsha tilda keng tarqalgan 500ta soʻzni bilish kifoya qiladi.
Eʼtiborni qarating
Xorijiy tilni oʻrganish yuqori darajadagi eʼtiborni talab qiladi. Miyangiz doimiy ravishda amaliyot bilan bogʻliq boʻlsin: telefoningizni oʻsha tilga moslashtiring, subtitrli chet el filmlarini koʻring, xorijiy tildagi adabiyotlarni oʻqing. Tez orada siz bu yangi muhitga koʻnikasiz va tilni oʻrganishingiz osonlashadi.
Oʻqituvchi
Albatta, doimiy ravishda repetitor bilan shugʻullanish foydali boʻladi. Koʻpchilik kishilar har kuni mashq qilishga ishtiyoq topa olishmaydi. Yaxshi repetitor esa ishtiyoqni ham, bilimingizni ham oshirishga yordam beradi.
Registon o’quv markazi o’qituvchilari har bir o’quvchining shaxsiy xususiyatlarini inobatga oladi va individual yondoshuv olib boradi.