HSK imtihoni qanday topshiriladi va kimlarga mo’ljallangan?

HSK imtihoni qanday topshiriladi va kimlarga mo’ljallangan?

[vc_row][vc_column][vc_column_text]HSK – China`s Hanyu Shuiping Kaoshi – xitoy tilini egallaganlik darajasini aniqlash uchun oʻtkaziladigan imtihon boʻlib, Xitoy Xalq Respublikasining xitoy tilini chet tili sifatida Xitoyda va xorijda oʻqitish Davlat qoʻmitasi lingvistika, psixologiya va kvalimetriya boʻyicha mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqilgan. HSK xitoy tilini chet elda amaliy oʻqitish yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar natijasiga asoslanib yaratilgan va eski sinov tizimi afzalliklari hamda til oʻqitishga oid yangi avlod xorijiy testlarining yutuqlarini oʻzida uygʻunlashtirgan.

HSK xitoy tili boʻyicha xalqaro malakaviy imtihonni ifodalaydi. Sinov xitoy tili ona tili boʻlmagan shaxslarning bu tildan hayotda, taʼlim olish va ish faoliyatida foydalanish darajasini tekshiradi. HSK ikki xil variantda oʻtkaziladi: yozma va ogʻzaki.

HSK haqida qisqacha:

Tashkilotchi –  Konfutsiy Instituti;


Rasmiy sayt – http://www.chinesetest.cn
Imtihon javoblarni eʼlon qilish muddati– 30 kun;
Sertifikatning amal qilish muddati – 2 yil;
Imtihon uchun toʻlov – barcha davlatlarda valyuta turli boʻlgani sabab yaqindagi markazga bogʻlanib, aniqlashtirish kerak.


Nechta davlatda oʻtkaziladi – 120;


Nechta davlatda oʻtkaziladi – 120;

Oʻzbekistonda topshirish joyi – Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti qoshidagi Konfutsiy nomidagi Oʻzbek-xitoy instituti, rasmiy sayt: http://confucius.ucoz.com. Manzil: A. Temur koʻchasi 13\ A (“Kafolat” AJ binosi chap qanotining birinchi qavati). Maʻlumot uchun telefon raqami: +99895-1985688.

Yozma imtihon: darajalari, topshirish, baholash tartibi

Yozma variant quyidagi darajalarga boʻlinadi va umumiy 200-300 ballik sistemada baholanadi:

  • HSK (birinchi daraja) – ishtirokchi xitoy tilidagi eng sodda soʻzlarni tushunishi va aloqa bogʻlashda qoʻllay olishi zarur. 35 daqiqa davom etadi. Nomzod 1 semestr davomida haftasiga 2-3 soat xitoy tili darslariga qatnashgan, 150 ta koʻp qoʻllaniladigan soʻz (iyeroglif)larni bilishi va tegishli grammatik bilimlarga ega boʻlishi kerak. Imtihon ikki bosqichdan iborat boʻladi:
  • Tinglab tushunish – 4 qism, har bir qismda 5 tadan topshiriq, jami 20 ta topshiriq, baholash 100 ball, shundan 60 oʻtish bali;
  • Oʻqish – 4 qism, har bir qismda 5 tadan topshiriq, jami 20 ta topshiriq, baholash 100 ball, shundan 60 oʻtish bali.

Agar imtihon topshiruvchi 200 dan 120 ball toʻplay olsa, imtihondan oʻtgan hisoblanadi.

  • HSK (ikkinchi daraja) – nomzod taxminan CEFRning “A” darajaga toʻgʻri keladigan bilimlarni egallagan boʻlishi, xitoy tilida elementar mavzularda soʻzlarni tushunishi va yoza olishi, 1 yil davomida haftasiga 2-3 marta xitoy tili darsida qatnashgan hamda 300 atrofidagi soʻzlarni qoʻllashi kerak. Imtihon ikki bosqichdan iborat boʻladi:
  • Tinglab tushunish – 4 qism, har bir qismda 5-10 tadan topshiriq, jami 35 ta topshiriq, baholash 100 ball, shundan 60 oʻtish bali;
  • Oʻqish – 4 qism, har bir qismda 5-10 tadan topshiriq, jami 25 ta topshiriq, baholash 100 ball, shundan 60 oʻtish bali.

200 dan 120 ball toʻplagan ishtirokchi imtihondan oʻtgan hisoblanadi. Sinovga 50 daqiqa beriladi.

  • HSK (uchinchi daraja) – “B1” darajasiga toʻgʻri keladi. Bu darajadagi bilimlarga ega boʻlgan kishi xitoy tilida ekskursiya, ish, oʻqish va hayotda erkin gaplashish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak. 3 semestr davomida darslarga qatnashgan va soʻz boyligi 600 ta soʻzni tashkil etishi kerak. Sinov uch bosqichda, 85 daqiqa davomida oʻtkaziladi:
  • Tinglab tushunish – 4 qism, 40 ta topshiriq, baholash 100 ball, shundan 60 oʻtish bali;
  • Oʻqish – 3 qism, har bir qismda 10 tadan topshiriq, jami 30 ta topshiriq, baholash 100 ball, shundan 60 oʻtish bali;
  • Yozuv – 2 qism, har qismda 5 tadan savol, jami 10 ta savol, baholash 100 ball, shundan 60 ball oʻtish bali.

Agar imtihon topshiruvchi 300 dan 180 ball toʻplay olsa, imtihondan oʻtgan hisoblanadi.

  • HSK (toʻrtinchi daraja) – imtihon topshiruvchi xitoy tili ona tilisi boʻlgan shaxslar bilan turli mavzularda suhbatlashishi, mulohazalarini erkin bayon etishi va bahslasha olishi kerak. Albatta, 2 yil davomida har hafta 2-3 marta xitoy tili darslarida ishtirok etgan va soʻz boyiligi 1200 tani tashkil etishi lozim. Imtihonda 3 bosqich, 100 ta topshiriq va 100 daqiqa vaqt beriladi:
  • Tinglab tushunish – 3 qism, 45 ta topshiriq, baholash 100 ball, shundan 60 oʻtish bali;
  • Oʻqish – 3 qism, 40 ta topshiriq, baholash 100 ball, shundan 60 oʻtish bali;
  • Yozuv – 2 qism, jami 15 ta savol, baholash 100 ball, shundan 60 ball oʻtish bali.

Imtihon topshiruvchi 300 dan 180 ball toʻplasa, imtihondan oʻtgan hisoblanadi.

  • HSK (beshinchi daraja) – “C1” darajaga mos keladi. Bu daraja sohibi ommaga nutq soʻzlashi, xitoycha gazeta-jurnallarni oʻqishi, telekoʻrsatuvlarni tushuna olishi kerak. 2 yildan koʻp muddatda haftasiga 2-4 marta xitoy tili darslarida qatnashishi va 2500 dan ortiq soʻz boyligiga ega boʻlishi zarur. Sinov 3 bosqich, 100 ta topshiriq va 100 daqiqa:
  • Tinglab tushunish – 2 qism, 45 ta topshiriq, baholash 100 ball;
  • Oʻqish – 3 qism, 45 ta topshiriq, baholash 100 ball;
  • Yozuv – 2 qism, 10 ta savol, baholash 100 ball.
  • HSK (oltinchi daraja) – CEFR boʻyicha “C2”, yaʼni professional daraja. 5000 dan ortiq soʻzlarni biladigan nomzodlar uchun. Imtihon 101 ta topshiriqdan va uch bosqichdan iborat. 135 daqiqa ajratiladi:
  • Tinglab tushunish – 3 qism, 50 ta topshiriq, baholash 100 ball;
  • Oʻqish – 4 qism, 50 ta topshiriq, baholash 100 ball;
  • Yozuv – 1 qism, baholash 100 ball.

HSK ogʻzaki imtihon: darajalar, bosqichlar va baholash

Sinovning ogʻzaki varianti uchga boʻlinadi va imtihon jarayoni diktofonga yozib olinadi:

HSK (boshlangʻich daraja) – CEFR ning “A”darajasiga toʻgʻri keladi. Nomzod xitoy tilidagi soʻzlarni tushunishi va oʻz fikrini anglata olishi kerak. 200 dan ortiq soʻzni biladiganlar uchun. Imtihon uch bosqich, 27 topshiriqdan iborat, 7 daqiqalik tayyorgarlik bilan birgalikda 17 daqiqa vaqt ajratiladi. 100 ballik sistemada baholanadi, 60 ball oʻtish bali:

  • Eshitgan maʼlumotni takrorlash – 15 ta topshiriq;
  • Ogʻzaki savollarga javob berish – 10 ta savol;
  • Yozma savollarga javob berish – 2 ta savol.

HSK (oʻrta daraja) – “B” darajasiga mos keladi. Imtihon topshiruvchi xitoy tilida soʻzlashuvchilar bilan erkin gaplasha olishi va ularni tushuna olishi hamda 900 dan ortiq soʻzni bilish kerak. Sinov uch bosqich, 27 topshiriqdan iborat, tayyorgarlik bilan birgalikda 21 daqiqa (10 minut tayyorlanishga) vaqt beriladi. 100 ballda baholanadi, 60 ball oʻtish bali:

  • Eshitgan maʼlumotni takrorlash – 10 ta topshiriq;
  • Berilgan surat haqida hikoya qilish – 2 ta topshiriq;
  • Savollarga javob berish – 2 ta savol.

HSK (yuqori daraja) – CEFR ning “C”darajasi. Fikrini ochiq-oydin, qiynalmay bayon etadigan, 3000 dan ortiq soʻz biladigan nomzodlar uchun. 3 ta qism, 6 ta topshiriqdan iborat, 24 daqiqa (10 daqiqasi tayyorgarlik koʻrish uchun) ajratiladi. Maksimal 100 ball bilan baholanadi, 60 ball oʻtish bali:

  • Eshitgan maʼlumotni erkin bayon etish – 2 ta topshiriq;
  • Ovozini chiqarib oʻqish – 2 ta topshiriq;
  • Savollarga javob berish – 2 ta savol.

HSK imtihoni sertifikati qancha muddat amal qiladi?

HSK sertifikati chet ellik abituriyentlarni taʼlim xitoy tilida olib boriladigan oliy oʻquv yurtlarga qabul qilish uchun zaruriy boʻlib, imtihon boʻlib oʻtgan kundan boshlab ikki yil muddatda amal qiladi. Sertifikat quyidagicha koʻrinishga ega:

 

HSK imtihoniga tayyorlanish uchun manbani qayerdan topish mumkin?

Quyidagi manbalarda HSK imtihoniga tayyorlanish uchun kitoblar va qoʻllanmalar eʼlon qilinadi:

  • HSK rasmiy sayti – http://www.chinesetest.cn.

HSK imtihoni haqida nimalarni bilish zarur?

  • HSK imtihoni formati doim oʻzgarib turadi. Shuning uchun muntazam ravishda sinov haqidagi bilimlarni yangilab turish zarur;
  • Tinglab tushunish qismidan yuqori ball olish uchun tinglab tushunish tezligini oshirish maqsadga muvofiq. HSK darajasi koʻtarilgan sari diktor matnni yanada tezroq oʻqiy boshlaydi;
  • Chalgʻitishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni qisqacha qayd qilib olish. Masalan, mantiqiy savollar berilganda bu usul juda qoʻl keladi;
  • Mulohazali savollarni “hatlab” oʻtish. Jarayonda siz uchun tushunarsiz boʻlgan savollar yoniga soʻroq belgisi qoʻyib, boshqasiga oʻting. Biladigan topshiriqlarga javob berib boʻlgach, tushunmagan savolga qaytish mumkin;
  • Blanklarni imtihon soʻnggida toʻldiring. Chunki jarayonning boshida asosiy vaqtingiz tashkiliy ishlarga sarflansa, topshiriqlarni yechishga vaqt yetmay qoladi;
  • Yozma qismda berayotgan javoblaringiz sodda va aniq boʻlishi kerak. Noaniq yozilgan iyeroglifni tekshiruvchi xato deb hisoblaydi;
  • Oʻzingizga ishoning. Siz albatta, muvaffaqiyatga erishasiz.

HSK BO’YICHA SAVOLLAR BORMI?

[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row][vc_row][vc_column][vc_raw_html]JTNDaWZyYW1lJTIwd2lkdGglM0QlMjI2NDAlMjIlMjBoZWlnaHQlM0QlMjIzNjAlMjIlMjBzcmMlM0QlMjJodHRwcyUzQSUyRiUyRm1vdmVyLnV6JTJGdmlkZW8lMkZlbWJlZCUyRnNtZk82RkQlMkYlMjIlMjBmcmFtZWJvcmRlciUzRCUyMjAlMjIlMjBhbGxvd2Z1bGxzY3JlZW4lM0UlM0MlMkZpZnJhbWUlM0U=[/vc_raw_html][/vc_column][/vc_row]