Kelajakda karyerangizda kerak bo’ladigan zarur ko’nikmalar

Kelajakda karyerangizda kerak bo’ladigan zarur ko’nikmalar

Bloger Tim Denning oʻzining Mediumʻdagi postida kompaniyada ishlaysizmi, yoki oʻz biznesingizni yuritasizmi siz uchun karyerangizda zarur boʻlgan koʻnikmalar haqida soʻzlab bergan.

Koʻnikmalarning toʻgʻri toʻplami sizni tengi yoʻq xodimga aylantiradi. Ularga ega boʻlish orqali:

  • qancha pul ishlab topishni tanlash;
  • kompaniyada ishlab, bir vaqtning oʻzida oʻz biznesingizni rivojlantirish;
  • sizda ishtiyoq uygʻotadigan ustozlarni topish;
  • har qanday narsaga “yoʻq” deyish;
  • muhim insonlar hurmatiga sazovor boʻlish;
  • toʻgʻri maslahatlar berih;
  • boshqalarda ishtiyoq uygʻotish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Agar ana shunday natijalarga ega boʻlishni istasangiz, sizga aytib berishni istagan koʻnikmalarimga diqqatingizni qarating.

Kompaniya uchun ishlash

Koʻpchilik ishni kompaniya yoki mijoz foydasi uchun emas, boshqalarga yaxshiroq koʻrinish uchun bajaradi.

“Oʻrganish kerak boʻlgan eng muhim koʻnikmalardan biri – ish vaqtida faqat oʻzini oʻylamaslik. Harakatlaringiz ortida yashiringan xudbinlikni odamlar yaqqol sezishadi”.

Ijtimoiy tarmoqlarni yuritishIjtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish orzu ham qilmagan natijalarga erishishingizda yordam beradi. Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarni toʻgʻri yuritish borasidagi maslahatlar quyidagicha:

  • “Bugun men kimni koʻrganimni qaranglar” qabilidagi suratlarni joylashtirishni bas qiling.
  • Ijtimoiy tarmoqlarda har kuni bitta sahifani yuriting. Men LinkedInʻni tavsiya qilgan boʻlardim.
  • Original kontentni joylashtiring.
  • Odamlar nima deb oʻylashidan xavotirga tushmang.
  • Muayyan sohada mutaxassisga aylaning. Keyin ana oʻsha mavzu haqida gapiring.
  • Betakror va qiziqarli boʻling.

Nohaqligingizni tan oling

Men nohaqligini tan olishni rad etadigan koʻplab odamlarni uchratganman. Bunday odamlar barchasiga kompaniyani aybdor hisoblab, doimo yangi ish qidirish bilan ovora boʻlishadi. Siz bunday qilmang. Koʻpincha gap kompaniyada emas, sizda.Kamroq xato qilish

Samarali ishlash uchun vaqtingizning koʻp qismini muvaffaqiyatsizlikka sarflay olmaysiz. Aks holda qoʻlidan hech narsa kelmaydigan ahmoqsiz. Ha, biz xatolar qilishimiz kerak, biroq ular tez-tez yuz bersa, faxrlanishga arziydigan jihatlaringiz yoʻq. Muvaffaqiyatsizliklar ortida gʻalaba yotsagina, ulardan faxrlanish mumkin.

Qarorlar qabul qila olish

“Ha” yoki “yoʻq” deyishni oʻrganing. Biznesda aniq javob ayta olmaydiganlarga tez-tez duch kelasiz. Ular neytral va xavfsiz tomonni tanlaydilar.

Betakror boʻlib koʻrinishga urinmaslik

Kimdir sizni muvaffaqiyatsiz deb hisoblaydi; yana kimdir sizda Supermenni koʻradi; yana boshqalar sizni aqldan ozgan va biznesda hech nimani bilmaysiz deb hisoblaydi.

Oʻz davringizning 100 foiz ajoyib odami boʻlib koʻrinishga urinmang. Bu kishini charchatadi. Agar oʻzingizga nisbatan tanqidni eshitsangiz, bu qolganlarga yetarli darajada taʼsir oʻtkaza olmayotganingizni anglatadi.

Kamrogʻini tanlash

Bu menga super qobiliyat boʻlib koʻrinadi. Isteʼdodli va muvaffaqiyatli kishilar koʻp miqdordagi vazifalarga roʻbaroʻ kelishganida kamrogʻini tanlaydilar. Ular hajmga qaraganda natijani muhim hisoblaydilar. Agar barini darhol bajarishni istasangiz, hech narsaga erishmaysiz.Biror narsaga vaqtingizni ajratishingizni soʻrashsa, koʻpincha “yoʻq” deng

Bosh direktorlar va tadbirkorlar bu koʻnikmadan koʻp foydalanganlarini koʻrganman. Biror ishni bajarish soʻralganida deyarli har doim “yoʻq” deb javob berishadi. Iltimos asosiy ustuvorliklarga mos kelganidagina rozilik beradilar.

Oʻzgalar oldida chiqish qilish

Muvaffaqiyatli karyeraning asosiy koʻnikmasi – muloqot. Oʻzgalar oldida nutq soʻzlashni oʻrganing. Oʻzingizga ishoning va fikringizni toʻgʻri bayon qiling – ana shu yoʻl bilan imkonsiz narsani amalga oshirgan boʻlasiz.Tarmoqni shakllantirish

Har safar muammoga duch kelganimda ana shunday qiyinchiliklarni boshdan kechirgan tanishlarga maslahat soʻrab murojaat qilaman. Fikrlarim cheklangan, hayotimda koʻrganlarim mavjudlarining mingdan birini tashkil qiladi. Tanishlaringiz tarmoq tajribaga qaraganda muhim. Uni qurish boʻyicha bir necha maslahat quyidagicha:

  • Soʻraganlariga qaraganda koʻproq bering.
  • Vaʼdangizni doimo bajaring.
  • Qoʻrqmas boʻling va oʻz tarmogʻingiz uchun odamlarni izlang.
  • Muayyan sohada mutaxassis boʻling.

Hikoyalar aytish

Quruq faktlarni taqdim etishingiz yoki hayotiy hikoyalarni aytishingiz mumkin. Hayotiy hikoyalar sizni tinglovchilar bilan yaqinlashtiradi. Biroq koʻpincha uni qanday bajarish kerakligini bilmaymiz.

  • Karyerangiz doirasidagi hikoyalar:
  • qisqa;
  • his-tuygʻuga boy boʻlishi;
  • mohiyatni namoyish etishi lozim.

Ayrim hikoyalarning maʼnosi yoʻq. Ular koʻp vaqt oladi. Zerikarli va real maqsad uchun xizmat qilmaydi. Hikoyalarni yaxshi aytib berish karyerada taʼsirga ega boʻlish va samaradorlik uchun zarur.

Oʻz-oʻzingizga ishonish

Muvaffaqiyatli va samarali karyera yagona gʻoya ustiga quriladi: boshqa kishi sizga ishonishidan oldin oʻzingizga ishonishingiz lozim. Har birimiz har kuni orzuimizdagi karyerani qurish yoʻlida qiyinchiliklarga duch kelamiz. Shuning uchun muhimi – eng boshdanoq oʻz-oʻzingizga ishonish. Qolgani ana shu umid urugʻidan unib chiqadi.