“ENG YAXSHI TARJIMALAR” tanlovi

“ENG YAXSHI TARJIMALAR” tanlovi

      “Registon” o’quv markazi hamda O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi hamkorlikda  barcha ingliz tili o’rganuvchilari uchun maxsus  “ENG YAXSHI TARJIMALAR” tanlovini e’lon qiladi.

  • Tanlovda barcha ingliz tili o’rganuvchilari  qatnashishlari mumkin;
  • Tanlovning tartibi quydagicha:
  •  1) Rgn.uz sayti orqali ingliz tilida maqola, matn yoki hikoyalar beriladi;
  • 2) Qatnashchi   ingliz tilidagi  matnni o’zbek yoki rus tiliga tarjima qiladi;
  • 3) Tarjima qilinayotgan  materialni o’z dunyoqarashidan kelib chiqib boyitishi hamda matnni mazmun- mohiyatiga e’tibor qaratishi lozim;
  •  4)  Matnni tarjima  qilayotganda faqat so’zma-so’z tarjimasiga emas, uning mohiyatan to’g’ri mazmunda chiqishiga   diqqat qilish lozim;
  •  5) Tayyor tarjima “Registon” o’quv markazi Yakkasaroy filialiga topshiriladi;
  •  6) Barcha qatnashchilarning ishlari maxsus tayyorgarlikdan o’tgan mutaxasislar tamonidan  tekshiriladi.
  •  7) Natijalar ish topshirilgan haftaning oxirgi kuni, shanba kuni e’lon qilinadi;
  • 8)  Tanlovda g’olib chiqqan ishtirokchilar yakshanba kuni tashkillashtiriladigan maxsus ingliz tilini mukammal o’rganishga qaratilgan SEMINARlarda ishtirok etish huquqini qo’lga kiritadilar.

Barcha tanlov qatnashchilari hamkor tashkilotlar tomonidan tashakkurnoma va estdalik sovg’alar bilan taqdirlanadilar

Qatnashchilar “Registon” o’quv markazi tomonidan o’tkaziladigan har yakshanbadagi maxsus treninglarda bepul qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritishlari mumkin.

 

  • Manzil:  Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko’chasi 53-uy.
  • Murojaat uchun tel:  +99893 584 27 00
  • rgn.uz

P.S. tarjima qilingan ishlarni o’quv markaziga olib kelish imkoni bo’lmasa,  yuqoridagi nomerga telegram orqali ham tashlash mumkin. Faqat ishtirokchining telefon nomeri va adresi ko’rsatilgan bo’lishi shart.