11-noyabr super aksiyasi MOCK IELTS va CEFR

11-noyabr super aksiyasi MOCK IELTS va CEFR

Juda ko’plab talabalar hamda abituriyentlarning talab va istaklarini hisobga olib, “Registon” o’quv markazi 2018 yil 11 noyabr yakshanba kuni  IELTS va CEFR   topshiruvchilar uchun mutlaqo bepul  imtihonni  tashkil etmoqda.

Imtihon “Registon” o’quv markazining ko’p yillik tajribali IELTS instruktorlari  tamonidan olinadi.

Haqiqiy imtihon muhitini tashkil etish uchun barcha choralar ishlab chiqilgan. Bu borada “Registon” o’quv markazi barcha imkoniyatlardan foydalanadi. Shuningdek, imtihon topshiruvchilar uchun haqiqiy inglizcha muhit yaratiladi. Ya’ni  IELTS va CEFR imtihonlarida yuqori ballarni olish uchun qanday taktikalarni o’zlashtirish muhimligi bo’yicha SEMINAR bo’lib o’tadi. SEMINARDA ishtirok etuvchilar  imtihon natijalari asosida tanlab olinadi.

Mock CEFR da ishtirok etish shartlari:

  1. Ishtirokchi  imtihon uchun  ro’yxatdan o’tishi (telefon orqali yoki bevosita o’quv markaziga kelib);
  2. Qatnashchi imtihonga mas’uliyat bilan qarashi;
  3. Imtihonga o’z vaqtida etib kelishi hamda mavjud  tartib qoidalarga rioya etishi;
  4. Nazoratchilarning talablarini bajarishi;
  5. Hech qanday ortiqcha vositalardan (telefon, lug’at va boshqalar) foydalanmasligi;
  6. Imtihonda qatnashish uchun lozim bo’lgan ID CARDni vaqtida olishi lozim. Chunki ID CARDsiz imtihonda qatnashish imkonsizdir!

Mock IELTS da ishtirok etish shartlari:

  1. Ishtirokchi  imtihon uchun  ro’yxatdan o’tishi (telefon orqali yoki bevosita o’quv markaziga kelib);
  2. Asosiysi IELTS imtihonini topshirish darajasiga ega bo’lishi;
  3. Imtihonga o’z vaqtida etib kelishi hamda mavjud  tartib qoidalarga rioya etishi;
  4. Nazoratchilarning talablarini bajarishi;
  5. Hech qanday ortiqcha vositalardan (telefon, lug’at va boshqalar) foydalanmasligi shart.
  6. Imtihonda qatnashish uchun lozim bo’lgan ID CARDni vaqtida olishi lozim. Chunki ID CARDsiz imtihonda qatnashish imkonsizdir!

Imtihon jarayoni quyidagicha:

  1. Ro’yxatdan o’tgan MOCK topshiruvchilarga ID CARD beriladi. Unda: ishtirokchining ismi, familiyasi, imtihon vaqti, kod raqami va boshqa ma’lumotlari mavjud bo’ladi;
  2. ID CARD da ko’rsatilgan vaqtda ishtirokchi o’quv markaziga yetib keladi;
  3. Birinchi navbatda SPEAKING  imtihonini topshiradi;
  4. Imtihonning keyingi bosqichi ya’ni LESTINING, READING, WRITING ( CEFR topshiruvchilarda LEXICAL and GRAMMAR) bo’lib o’tadi;
  5. Topshiriqlar belgilangan vaqtda tugagandan so’ng, ishlar topshiriladi.

 

Yuqori natijalarni qo’lga kiritgan qatnashchilar qimmatbaho va estalik sovg’alar bilan taqdirlanadilar.  Asosiysi o’z bilimingizni qay daraja ekanligini xolis bilib olish imkoni beriladi. Bu imkoniyatni qo’ldan boy bermang!

Murojaat uchun tel.: +99893 584-27-00

Manzil:  “Registon” o’quv markazi Yakkasaroy filiali.    Shota Rustaveli ko’chasi 53-uy. Mo’ljal: Askiya bozor,  Teatrialniy chorrahasi.

[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row][vc_row][vc_column][vc_raw_html]JTNDaWZyYW1lJTIwd2lkdGglM0QlMjI2NDAlMjIlMjBoZWlnaHQlM0QlMjIzNjAlMjIlMjBzcmMlM0QlMjJodHRwcyUzQSUyRiUyRm1vdmVyLnV6JTJGdmlkZW8lMkZlbWJlZCUyRmp2YkdtSzFtJTJGJTIyJTIwZnJhbWVib3JkZXIlM0QlMjIwJTIyJTIwYWxsb3dmdWxsc2NyZWVuJTNFJTNDJTJGaWZyYW1lJTNF[/vc_raw_html]