“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi shartlari
Bu tanlovni o’tkazishdan maqsad:
Sir emaski, har bir odam tanasini rivojlantirib borishi, jismoniy charchamasligi uchun bir kunda uch yo to’rt marta ovqatlanadi. Ya’ni yashash uchun, tiriklikni saqlab qolish uchun o’ziga jismoniy energiyani oladi. Nima uchundir, ma’naviy-ruhiy energiya mavjudligini, u insonni hayvonot olamidan ajratib turishligini ko’pincha hisobga olmaymiz. Kitob aynan ma’naviy-ruhiy energiya manbai ekanligini anglashimiz va barchamiz dunyoqarashimizni “tuydirish”ni boshlashimiz kerak, nazarimizda. Mana shunday ezgu maqsadni ko’zlagan holda bu tanlov tashkil etildi.
Tanlov shartlari:
- Tanlovda 13 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin;
- Quyida berilgan kitoblardan birini tanlash;
- Tanlangan kitobni e’tibor bilan o’qib chiqish;
- Asardagi eng ta’sirli voqea, hodisa, obraz va boshqalar haqida mustaqil sarlavhali insho yozish;
- Insho mavzusi o’qilgan kitobning mazmunidan kelib chiqishi va bu mavzuning dolzarbligiga alohida e’tibor berish;
- Tanlangan mavzuni yoritishda erkin va tizimli fikrlash;
- O’qilgan asarda muallif qanday ijtimoiy muammoni olib chiqqan va uning qanday echimlarini berganligni inshoda yoritish;
- Tanlangan mavzuni ochib berish, uning originalligi va erkin fikrga asoslanganligiga diqqat qilish;
- Imloviy va leksik qoidalarga amal qilish;
- Insho 12 varaqdan iborat daftarga yozilishi lozim;
- Hajmi 500 so’zdan kam bo’lmagan insholar qabul qilinadi;
- Insholar o’zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
- 12 varaqdan iborat daftarga yozilgan inshoni eng yaqin “Registon” o’quv markazi filialiga topshirish;
- Daftarda qatnashchi haqida barcha ma’lumotlar: Ism va familiyasi, ta’lim muassasasi, telefon nomeri va boshqa kontaktlari bo’lishi lozim.
- 17.11.2018 yildan to 13.12.2018 gacha barcha tanlov qatnashchilari o’z insholarini topshirib bo’lishlari lozim.
P.S. Agar siz Toshkent shahrida bo’lmasangiz, unda o’n ikki varoqli daftarga inshoni yozib (albatta, qo’lyozma bo’lishi shart), +99893 584-27-00 telegram nomerga yoki saytimiz elektron manziliga sifatli rasmga olib ham jo’natishingiz mumkin. Agar siz g’olib bo’lsangiz Toshkent shahriga taklif etamiz.
Eng muhimi….
“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi g’olibi “ Yangi yil” aksiyasiga chiptani qo’lga kiritadi.
2-3-o’rin sohiblari esdalik va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlanadi.
1-o’rindan to 50-o’ringacha bo’lgan “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi g’oliblari “Yorug’likka intilib” nomli maxsus treningga qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.
50-o’rindan to 200-o’ringacha esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadilar.
“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi bo’yicha yozilgan insholar 13-dekabrgacha “REGISTON” o’quv markazining barcha filiallarida qabul qilinadi.
Tanlov g’oliblari 15-dekabrda www.rgn.uz saytida e’lon qilinadi. 16-dekabr kuni barcha g’oliblar taqdirlanadilar.
Barchaga omad tilaymiz!!!
Qo’shimcha ma’lumot uchun: 93-584-27-00
[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row][vc_row][vc_column][vc_raw_html]JTNDaWZyYW1lJTIwd2lkdGglM0QlMjI2NDAlMjIlMjBoZWlnaHQlM0QlMjIzNjAlMjIlMjBzcmMlM0QlMjJodHRwcyUzQSUyRiUyRm1vdmVyLnV6JTJGdmlkZW8lMkZlbWJlZCUyRmp2YkdtSzFtJTJGJTIyJTIwZnJhbWVib3JkZXIlM0QlMjIwJTIyJTIwYWxsb3dmdWxsc2NyZWVuJTNFJTNDJTJGaWZyYW1lJTNF[/vc_raw_html][/vc_column][/vc_row]