Abituriyentlarning kelajagini mana shu uch soat hal qiladi. Bu uch soat ularni yo talabaga aylantiradi, yo abituriyentligicha qoldiradi. Abituriyentlik davri yosh inson uchun birinchi baland cho‘qqi, uni o‘z kuchi bilan oshib o‘tish hayotiy ahamiyatga ega. Negaki, o‘ziga ishonchi kuchli bo‘lgan inson hayotning tumanli, bulutli davrlaridan qo‘rqmaydi. Kelajakning quyoshli yorug‘ yo‘liga chiqib olish uchun kurashish zarurligini anglaydi. Zero, kurashmoq hayotning ma’nosidir.
O‘z bilimingizni xolis sinovdan o‘tkazishni xohlaysizmi? Balki, siz uyda yo qaysidir o‘quv markazida institut yoki universitetga kirish uchun tayyorlanayotgandirsiz? Unda “Registon” o‘quv markazi sizni 24-fevral, yakshanba kuni tashkil etilayotgan “Abituriyent_19” super aksiyasiga taklif etadi.
Test sinovlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:
Ijtimoiy-gumanitar
- Tarix
- Ona tili va adabiyot
- Ingliz tili
Iqtisodiyot
- Matematika va informatika
- Ingliz tili
- Ona tili va adabiyot
Texnika
- Matematika va informatika
- Fizika
- Ona tili va adabiyot / ingliz tili
Tabiiy fanlar
- Kimyo
- Biologiya
- Ona tili va adabiyot
Aksiyada ishtirok etish sizga nima beradi?
- Siz topshirmoqchi bo‘lgan universitet yoki institutning oxirgi uch yillik ballari bilan sizning olgan balingizni solishtirilib, tahlil qilinadi va oliygohga o‘tish darajangiz haqida ma’lumot beriladi;
- Shu vaqtgacha olgan bilimingiz necha balni tashkil etishini bilib olasiz. Bu sizning darajangizni aniqlaydi hamda harakatlanish uchun kuch beradi;
- Qaysidir guruhda yetakchilik nisbiy dunyoda ahamiyatga ega emas. 800 ming abituriyent mavjud O‘zbekistonda yetakchilik qilish bizningcha ma’noga egadir. Shu sababdan xolis bilimni sinab ko‘rish o‘quvchilardagi o‘z-o‘zidan mamnunlik hissini tarbiyalaydi hamda real voqelikka tik qarashni o‘rgatadi;
- Murakkab test sinovida ishtirok etib, quyidagi tajribalarga ega bo‘ling:
- Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash;
- O‘z-o‘zingizni nazorat qilish;
- Titulni to‘g‘ri bo‘yash;
- Psixologik tayyorgarlik va boshqalar.
“Abituriyent_19” aksiyasi shartlari quyidagilardan iborat:
- Aksiya faqat universitet va institutlarga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar uchun mo‘ljallangan;
- Aksiyada ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlargina ishtirok eta oladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun o‘quv markazimizga tashrif buyurishingiz lozim.
- Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga maxsus ruxsatnoma beriladi. Imtihon kuni abituriyentlar maxsus ruxsatnoma bilan test sinovlariga kiritiladi. Unda test javoblari chiqadigan raqamlar, test vaqti, xona nomeri va qatnashuvchining ismi, familiyasi, otasining ismi mavjud bo‘ladi;
- Aksiya ishtirokchilari faqat va faqat o‘z bilimlariga tayanib beriladigan testlarni yechishlari lozim. Turlicha noxolis usullardan foydalanmoqchi bo‘lgan abituriyentlar nazoratchilar tamonidan test sinovlaridan chetlashtiriladi;
- Aksiyada birinchi o‘rinni olgan abituriyent test natijalarini 160 baldan kam bo‘lmasligini ta’minlashi kerak.
Test natijalari 2-mart shanba kuni soat 9:00 da e’lon qilinadi. “Abituriyent_19” aksiyasi g‘oliblari har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida aniqlanib, 3-mart yakshanba kuni soat 10:00 da bo‘ladigan maxsus “Abituriyentlik – kurash davri” mavzusidagi psixologik treningda taqdirlanadi.
Aksiya ishtirokchisi bo‘lib, haqiqiy bilim bayramida qatnashing. Bu hayotingizda unutilmas kun bo‘lishiga ishonamiz. Bizda talab katta, lekin joylar soni cheklangan. Shunday ekan, tezroq ro‘yxatdan o‘ting! “Registon” o‘quv markazi sizga omad tilaydi!
Bu sizning so‘zingiz bo‘lishi lozim:
“Vaqt juda kuchli, uning ta’siri dunyoni o‘zgartiradi. Men vaqtdan hozir kuchliman. Chunki o‘tayotgan soniyalarimni men boshqaryapman”!
“Registon” nodavlat ta’lim muassasasi
-
REGISTON Uchtepa filiali
Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko’chasi, 65 A uy. Farhod bozori, “O`zbegim taomlari”
+99893 536 27 00
+99891 165 27 00
E-mail: info@rgn.uzREGISTON Yakkasaroy filiali
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko’chasi, 53-uy Mo’ljal: Askiya bozor
+99893 584 27 00
+99890 952 27 00
E-mail: info@rgn.uz
REGISTON Sergeli filiali
Toshkent shahar, Sergeli-4, Mo’ljal: Meros to’yxonasi