Butun O’zbekistondan esselar kelishni boshladi. Tanlov e’lon qilinganiga to’rt kun bo’lgan bo’lsada, tanlov ishtirokchilarida juda ko’p savollar uyg’ondi. Bu tabiiy. Sababi esse yozish an’anasi O’zbekistonda yaqindan boshlandi. 5-sinf adabiyot darsligida nasriy asarlarning turlari sanalganda esse ham tilga olingan. Lekin bu janr haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.
“Esselar tanlovi” uchun esse yozmoqchi bo’lganlar eng ko’p berayotgan savollarga javoblar:
- Savol: Esse o’zbek tilida yo’q. U ingliz tilida essay shaklida bor, deb hayron bo’layotganlar uchun… Javob: Esse janr sifatida o’zbek adabiyotiga kirib kelganiga ancha yillar bo’lgan. Bu haqida Shukur Xolmirzayev: “Esse – erkin ijod” nomli suhbatida ( «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2003 yil 16-sonida chop etilgan) aytib o’tgan. Bu suhbatni to’lig’icha boshqa maqolada beramiz.
- Savol: Esse va insho. Ularni nima farqi bor. Ikkalasi ham ijodiy ish bo’lsa, deb o’ylayotganlar uchun…. Javob: Esse va inshoning shakl va ma’no jihatdan bir qancha farqlari mavjudki, ularni sanaymiz: a) Esse to’laligicha erkin. Qoliplarsiz yoziladi. Ya’ni reja tuzilmaydi. Insho esa rejasiz yozilmaydi. b) Esse to’laligicha shaxsiy fikr-mulohaza, his-tuyg’ular tasviridan iborat bo’ladi. Inshoda esa, imkon qadar xolis bo’lishga harakat qilinadi. c) Esse har doim birinchi shaxsda yoziladi. Inshoda esa, bunday talab mavjud emas.
- Savol: Tanlovda qaysi tildagi esselar qabul qilinadi? Javob: O’zbek, rus va ingliz tillaridagi esselar qabul qilinadi.
- Savol: Tanlov uchun yozilgan esselar qaerda va qanday qabul qilinadi? Javob: Esselar “Registon” o’quv markazining barcha filiallarida hamda t.me/esse_rgn kanali orqali berilgan linkka sifatli rasmga tushirib, jo’natish mumkin.
- Savol: Esselar qo’lyozma bo’lishi shartmi? Javob: Ha, shart. Sababi, qo’lyozma shaklida insonning barcha ichki imkoniyatlari yashirin. Qo’lda yozilgan ijodiy ishda insonning ichki dunyosi ko’rinib turadi. Ya’ni esse yozishdan maqsad o’zligimizga nazar solishdir.
[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row][vc_row][vc_column][vc_raw_html]JTNDaWZyYW1lJTIwd2lkdGglM0QlMjI2NDAlMjIlMjBoZWlnaHQlM0QlMjIzNjAlMjIlMjBzcmMlM0QlMjJodHRwcyUzQSUyRiUyRm1vdmVyLnV6JTJGdmlkZW8lMkZlbWJlZCUyRmhDa0VzWUFtJTJGJTIyJTIwZnJhbWVib3JkZXIlM0QlMjIwJTIyJTIwYWxsb3dmdWxsc2NyZWVuJTNFJTNDJTJGaWZyYW1lJTNF[/vc_raw_html][/vc_column][/vc_row]