Oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirmoqchi bo’lgan abituriyentlar diqqatiga!!!

Oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirmoqchi bo’lgan abituriyentlar diqqatiga!!!

Oliy ta’lim muasssasalariga hujjat topshirish  qanday tartibda o’tkazilishi barchaning diqqat markazida turibdi.

Muhim yangiliklardan biri — qator oliy ta’lim muassasalarga abituriyentning joylashishi va yashash joyidan qat’iy nazar, onlayn tarzda  my.gov.uz portali orqali yoki Davlat xizmatlari markazlari yordamida hujjat topshirish imkoniyati yaratilgani hisoblanadi.

Bugungi kunda  respublikamizning har bir tumanida 201 ta shunday markazlar mavjud, olis hududlar aholisi uchun esa DXMlarning 50 dan ortiq shoxobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Quyidagi ro‘yxatdagi OTMlarga hujjatni soddalashtirilgan tartibda topishirish mumkin:

  1. Toshkent davlat yuridik universiteti;
  2. Qoraqalpoq davlat universiteti;
  3. Guliston davlat universiteti;
  4. Farg‘ona davlat universiteti;
  5. Samarqand davlat universiteti.

Aytgancha, o‘tgan yili hujjatlarni tajriba tariqasida qabul qilish tartibi Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan sinovdan o‘tkazildi.

Natijada — mamlakatimizning 7 mingdan ziyod oilalari 1,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tejab qolishdi.

Mutaxassislarning o‘rtacha hisobiga ko‘ra, Davlat xizmatlari agentligi tomonidan OTMlarga hujjatlarni topshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilishi natijasida aynan shuncha mablag‘lar oilalar byudjetida saqlab qolingan.

Bir qator hujjatlar uchun qo‘shimcha harajatlar kamaytirildi — 086-sonli tibbiy ma’lumotnoma, yashash joyidan ma’lumotnoma, fotosuratlar, shuningdek, poytaxtga kelib-ketishga va bu erda yashash bilan bog‘liq harajatlar qisqartirildi.

SHunday qilib, O‘zbekiston aholisi mablag‘lari oilaviy byudjetda qolib, qo‘shimcha hujjatlar olish va universitetga kelib-ketish uchun sarflangan qimmatli vaqti tejaldi.

Bugun DXMlar orqali hujjat topshirish uchun faqatgina 2 ta hujjat so‘raladi:

– fuqarolik pasporti (pasport yoshiga etmaganlar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma);

– umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan).

Imtiyozga ega bo‘lgan abiturientlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim.