Tarix fanidan tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun yangi testlar to’plami bosmadan chiqdi.

Tarix fanidan tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun yangi testlar to’plami bosmadan chiqdi.

Kitob haqida

             Hozirgi kunda Respublikamizda abituriyentlarni oliy ta’lim muassalariga qabul qilish, sinov imtihonlarini o’tkazish bo’yicha islohotlar davom etmoqda. Xususan, tarix fanida 2019-2020-o’quv yili uchun qabul test sinovlarida ayrim qo’shimchalar kiritilishi kutilyapti.

Registon o’quv markazi, xususan o’qituvchi Ilyosxo’ja Bekmirzayev ana shu kutilayotgan o’zgarishlarga abituriyentlarni tayyorgarlik jarayonini mustahkamlash uchun tarix fanidan sinov test savollari to’plamini tayyorladi.

To’plamda 1000 ta test savollari keltirilgan bo’lib, shulardan 100 tasi xarita va rasmlar asosida, yana 100 ga yaqin test savoli jadvalli va turli ta’lim metodlarini ishga solgan holda tuzilgan savollardir.

Davlat Test Markazi tomonidan kirish imtihonlarida abituriyent bilimini sinash uchun 3 xil darajali test savollari taqdim etiladi: 1)Oson, ya’ni o’quvchi test savoliga javpb berishda qiynalmaydigan, bir fakt yoki ma’lumotni bilish talab etiladigan darajadgi test. 2)O’rtacha, ya’ni nistaban qiyinroq, o’quvchidan qiyoslay olish, qo’shimcha fikr mualohaza qilishni talab qiladigan darajadagi test. 3) Murakkab, ya’ni ushbu turkumdagi savollarga javob berish uchun o’quvchi bir emas, bir nechta mavzu va ma’lumotlarni solishtira olishi, tarixiy shaxs, san ava joy nomlarini aniq eslay olishi kerak bo’ladi. Biz ushbu to’plamimizni tuzishda ko’proq ana shu 3-daraja ya’ni murakkab testlarni berishga qaror qildik. Bu to’plamni tayyorlashdan maqsadimiz — o’quvchi-abituriyentlarni “yiqitish” yoki atay pastroq natija ko’rsatishini xohlash emas, aksincha ana shu savollar orqali abituriyent qaysi joylarga e’tibor berishi kerakligi ko’nikmasini hosil qilish, murakkab testlarga ruhan tayyorlash, bir test savoli ichida bir nechta ma’lumotni berish orqali, o’sha ma’lumotni yodida qolishini ta’minlashdan iborat. Test ishlaganda ko’rsatgan natijangiz bu sizni haqiqiy natijangiz bo’lmasligi mumkin. Bu ruhiyatni tushirmaslik kerak. Sababi bu testlar bilim darajasini bilish uchun emas, ko’proq bilimni mustahkamlash uchun qilingan to’plam hisoblanadi. Testni ishlash jarayonidan ana shu jihatni e’tibordan chiqarmasligingizni so’rab qolaman.

Yuqorida aytib o’tganizmdek, to’plamda 1000 ta test bo’lib, ushbu testlarni tuzishda 11 xil uslubda shakllantirdik. Quyida ana shu testlarga misollar keltiramiz. Qavs ichidagi nomlar biz o’zimiz uchun ishlatadigan “ishchi nomlar”dir.

1)Bir xil yil yoki asrda yuz bergan 2 va undan ortiq ma’lumotni bilish bo’yicha testlar. (Xronologik test)

1855-yilda yuz bergan voqealar berilgan javobni toping.

1.Kuba mustaqil respublika deb e’lon qilindi;

2.Rossiyada imperatorlik taxtiga Aleksandr II keldi

3.Do‘stmuhammadxon ingliz-afg‘on do‘stlik shartnomasini imzoladi;

4.Neptun planetasi kashf etildi;

5.Efiopiyada Kassa o‘zini imperator deb e’lon qildi;

6.Energiyaning saqlanish qonuni kashf etildi

A)2, 3, 5          B)1, 3, 4    C)2, 4, 6          D)1, 5, 6

Bunday testlar ko’p yillardan beri qo’llanilib kelinadi.  Keltirilgan muqobil variantlardan aynan bir yil yoki asrda  yuz bergan voqealarni aniqlash kerak bo’ladi.

2)To’g’ri ketma-ketlikni aniqlash bo’yicha savollar:

Qaysi qatorda hukmdorlar ketma-ketligi to’g’ri berilgan?

A) Xiva shayboniylari: Elbarsxon – Arab Muhammadxon-Abulg’oziyxon-Asfandiyorxon
B) Qo’qon xonligi: Shohruhbiy – Abdulkarimbiy – Abdurahimbiy-Erdona-No’rbo’tabiy
C) Buxoro shayboniylari: Shayboniyxon-Ko’chkunchixon- Abu Said- Abdullaxon I
D) Mang’itlar: Doniyolbiy Buxoriy – Amir Shohmurod – Amir Haydar – Amir Muzaffar –Amir Nasrullo

 

Ushbu turkumdagi savolda o’quvchidan ma’lumotlar ketligini to’g’ri bilish talab etiladi. Bunday turkumdagi testlardan foydalanish o’quvchini test ishlashga rag’batini yanada oshirishga xizmat qiladi

3)Analogiyaga oid testlar

U Yunonistonda Dionis bilan bog’liq, Rimda……..?

A)Mars                      B)Venera               C)Baxus                     D)Merkuriy

Analogiya ya’ni o’xshash va farqli jihatlarni aniqlash bo’yicha savollar bo’lib, bunda abiriyent bir soha yuzasidan boshqa mavzular bilan o’zaro taqqoslash olishi talab etiladi

4)Diktantli testlar

“U Temuriy Shohruxning avlodi bo’lib 1448-yildan Xuroson taxtini egalladi. Uning davrida Xuroson 11 bo’lakka bo’linib ketdi. 1454-yilda Samarqandni qamal qildi. 1457-yilda olamdan o’tgandan keyin taxtni Abu Said egalladi.”  Gap qaysi hukmdor haqida ketmoqda?

A)Alouddavla             B) Abulqosim Bobur

C)Abdulatif                D)Mirzo Ulug’bek

Bunday turkumdagi testlarda bir tarixiy shaxs, davlat yoki inshoot haqida yashirin tarzda ma’lumot va faktlar keltiriladi. Abituriyent esa ana shu faktlardan kelib chiiqb yakunda o’sha yashiringan kalit so’zni aniqlashi kerak bo’ladi

5)Tushirib qo’ldirilgan so’zni aniqlash bo’yicha test

Quyida Eftallar davrida tanga zarb qilingan shaharlar berilgan.—Samarqand, Buxoro, Poykand, Vardona, Naxshab….. .

Oxirida tushirib qoldirilgan  hudud bilan bog’liq bo’lib o’tgan voqeani  aniqlang

A)651-  yili arablar tomonidan egallandi  

B)305-yili poytaxt o’zgaradi

C)kidariylar davlatining poytaxti   

D)o’zining raqqos qiz va yigitlari bilan mashhur edi  

 

6)Chizma va sxemalar asosida tarixiy jarayonga baho berish bo’yicha testlar 

Temuriylar shajarasi bo’yicha bilimingizni ishga solib, aytingchi, tushirib qoldiring joyga qaysi temuriy shaxzoda to’g’ri keladi? 

  1. A) Sulton Husayn Boyqaro
  2. B) Pirmuhammad
  3. C) Sulton Husayn Mirzo
  4. D) Abulqosim Bobur

Ushbu test bir qaraganda qiyindek tuyulsa ham, aslida javobni ma’lum bir qismi savolda yashiringan. Jadvaldan kelib chiqib Mironshohning o’g’lini topishingiz kerak bo’ladi. To’plamda ham ana shunday turkumdagi testlar ko’plab keltirilgan.

 

7) “Xato top” metodi bo’yicha testlar

Qaysi ma’lumotda xatolikka yo’l qo’yilmagan?

A)Neolit davrida odamlar qabilaga birlasha boshladilar

B)Toshkent va Farg’ondan Mezolit va so’nggi paleolit davriga oid manzilgohlar topilgan

C)Obishir, Qo’shilish, Machay, Zaraursoy qoyatosh rasmlari topilgan manzilgohlar hisoblanadi

D)Ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik, Muzlik davri tugashi, hayvonlarni qo’lga o’rgatilishi Mezolit davri oxirida yuz berdi

Ushbu turdagi savolda bir  nechta ma’lumot keltirilgan  bo’lib, bir javob variantida qaysidir so’z yoki ma’lumot xato beriladi. Abituriyent esa ana shu xato keltirilgan so’zni aniqlashi kerak bo’ladi 

8)Tarixiy atama bo’yicha testlar

Quyidagi atama ma’nosini aniqlang ?

« Italiyaga qo’shni bo’lgan davlarda italyanlar qisman yashaydigan hudularni qo’shib olishni targ’ib qiluvchi millatchilik harakati »

A)Intervensiya           B)Irrendentizm

C)Metrpoliya              D)Segregatsiya

 

9)Voqeaning sababi, natijasi, oqibatini bilish bo’yicha testlar (reason-test)

 

XVIII asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning Rossiya bilan aloqa o`rnatishga intilishlari sabablarini keltiring.

1) Jung`orlar bosqinidan himoyalanish

2) O`zaro ichki nizolarga barham berish

3) Savdo-tijorat ishlarini yo`lga qo`yishdan manfaatdorlik

4) Xitoy hujumidan himoyalanish

  1. A) 1,2 B) 3,4
  2. C) 1,3 D) 2,4

Tarix faqat sana va urushlar bilan iborat bo’lmasdan, aslida o’quvchini fikrlashga o’rgatadigan narsa tarixdagi voqealarning yuz berish sabablari, hodisadan kelib chiqadigan natija hisoblanadi. Bu turkumdagi testlar ana shu maqsadda tuzilgan.

 

10) Rasmli test

Quyidagi shaxs necha yil davomidan davlatni boshqargan?

  1. A) 10 yil B) 8 yil C) 5 yil                        D) 14 yil

 

 

Bu turkumdagi testlar tarixiy shaxs, inshoot, narsa-buyumlarni taniy olish ko’nikmasini tekshiruvdn o’tkazishga xizmat qiladi

 

11) Xaritali testlar

 

Ushbu xaritada alohida ko’rsatilgan davlat XIX  oxirida qaysi davlat bilan urush olib bordi?

A) Buyuk Britaniya B) Germaniya   C)Ispaniya                    D) Yaponiya

 

Ushbu yildan boshlab test sinovlarida xarita va atlaslardan test savollari tzulisji e’lon qilingan edi. Bu turkumdagi test savolarimiz sizlarni ana shu sinovga tayyorgarlik darajangizni oshirishga xizmat qiladi

  

Ushbu to’plamda biz tomonimizdan qo’llanilgan metod va test uslublaridan foydalanib, tarix fanida ta’lim berish va o’quvchi saviyasini aniqlashda ma’lum yutuqlarga ega erishsangiz biz bundan mamnun bo’lamiz