“Eng yaxshi kitobxon -2019” tanloviga start berildi!
“Registon” o’quv markazi butun insoniyat rivoji uchun xizmat qiladigan g’oya, ya’ni kitobga muhabbat tuyg’usini kushaytirishni maqsad qilib, “Eng yaxshi kitobxon” tanlovini e’lon qiladi.
Bu tanlovni o’tkazishdan maqsad:
Sir emaski, har bir odam tanasini rivojlantirib borishi, jismoniy charchamasligi uchun bir kunda uch yo to’rt marta ovqatlanadi. Ya’ni yashash uchun, tiriklikni saqlab qolish uchun o’ziga jismoniy energiyani oladi. Nima uchundir, ma’naviy-ruhiy energiya mavjudligini, u insonni hayvonot olamidan ajratib turishligini ko’pincha hisobga olmaymiz. Kitob aynan ma’naviy-ruhiy energiya manbai ekanligini anglashimiz va barchamiz dunyoqarashimizni “tuydirish”ni boshlashimiz kerak, nazarimizda. Mana shunday ezgu maqsadni ko’zlagan holda bu tanlov tashkil etildi.
Tanlov haqida qisqacha:
Tanlov 10.10.2019 dan 10.12.19 gacha davom etadi.
“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi ishtirokchisi quyida berilgan kitoblardan birini tanlab 10-oktabrdan to 10 dekabrgacha jiddiyat bilan o’qib chiqib, kitob mazmuni asosida o’z qarashlarini insho orqali yoritib beradi. Quyida berilgan asarlardan birini avval o’qigan qatnashchilar bo’lsa, unda ularning o’sha asar bo’yicha yozadigan insholari ham qabul qilinadi.
Hech bir asar shunchaki yozilmaydi. Chunki yozuvchi jamiyatdagi mavjud muammolarni kuzatadi hamda bu muammolarning ildizi, sababi, oqibati hamda yechimlarini obrazlar vositasida ko’rsatib beradi. Quyida berilgan barcha asarlarning tag zaminida ma’lum bir muammolar ko’tarilgan va ularning echimlari keltirilgan. Inshoning mazmun-mohiyati mukammal chiqishi uchun bu jihatlarga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Tanlov shartlari:
- Tanlovda 13 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin;
- Quyida berilgan kitoblardan birini tanlash;
- Tanlangan kitobni e’tibor bilan o’qib chiqish;
- Asardagi eng ta’sirli voqea, hodisa, obraz va boshqalar haqida mustaqil sarlavhali insho yozish;
- Insho mavzusi o’qilgan kitobning mazmunidan kelib chiqishi va bu mavzuning dolzarbligiga alohida e’tibor berish;
- Tanlangan mavzuni yoritishda erkin va tizimli fikrlash;
- O’qilgan asarda muallif qanday muammolarni olib chiqqan va uning qanday echimlari berilganligini inshoda yoritish;
- Tanlangan mavzuni ochib berish, uning originalligi va erkin fikrga asoslanganligiga diqqat qilish;
- Imloviy va leksik qoidalarga amal qilish;
- Insho 12 varaqdan iborat daftarga yozilishi lozim (qo’lyozma asosida);
- Hajmi 500 so’zdan kam bo’lmagan insholar qabul qilinadi;
- Insholar o’zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
- 12 varaqdan iborat daftarga yozilgan inshoni eng yaqin “Registon” o’quv markazi filialiga topshirish;
- Daftarda qatnashchi haqida barcha ma’lumotlar: Ism va familiyasi, ta’lim muassasasi, telefon nomeri va boshqa kontaktlari bo’lishi lozim.
- 10.10.2019 yildan to 10.12.2019 gacha barcha tanlov qatnashchilari o’z insholarini topshirib bo’lishlari lozim.
P.S. Agar siz Toshkent shahrida bo’lmasangiz, unda o’n ikki varaqli daftarga inshoni yozib (albatta, qo’lyozma bo’lishi shart), +99893 008-27-00 telegram nomerga yoki saytimiz elektron manziliga sifatli rasmga olib ham jo’natishingiz mumkin. Agar siz g’olib bo’lsangiz Toshkent shahriga taklif etamiz.
Eng muhimi…
G’oliblar uchun:
- 1-o’rin noutbuk
- 2-o’rin planshet
- 3-o’rin kitoblar jamlanmasi
- 4-50-o’ringacha esdalik va qimmatbaho sovg’alar
- 51-200-o’ringacha esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadilar.
Asosiysi g’oliblar uchun “Yorug’likka intilib” nomli trening tashkil etiladi.
“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi bo’yicha yozilgan insholar 10-dekabrgacha “REGISTON” o’quv markazining barcha filiallarida qabul qilinadi.
Tanlov g’oliblari 13-dekabrda www.rgn.uz saytida e’lon qilinadi. 15-dekabr kuni barcha g’oliblar taqdirlanadilar.
Murojaat uchun: +99893 008 27 00
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko’chasi 53-uy. Pochta indeks: 100100.
Barchaga omad tilaymiz!!!
O’zbek tilidagi kitoblar | ||
№ | Badiiy asar nomi | Muallifi |
1. | “Lison ut-tayr” | A. Navoiy |
2. | “Boburnoma” | Z. M. Bobur |
3. | “O‘tkan kunlar” (Roman) | Abdulla Qodiriy |
4. | “Kecha va Kunduz” (Roman) | Cho‘lpon |
5. | «Buzrukning kuzi» (roman). | Gabriel Garsia Markes |
6. | “Ichindagi ichindadur” | Jaloliddin Rumiy |
7. | “Shum bola” (qissa) | G’afur G’ulom |
8. | “Yulduzlar mangu yonadi” (qissa) | Tog‘ay Murod |
9. | «Usta va Margarita» (roman) | Mixail Bulgakov |
10. | “Yulduzli tunlar” ( roman) | Pirimqul Qodirov |
11. | «Jarayon» (roman) | Frants Kafka |
12. | “Dunyoning ishlari” (qissa) | O‘tkir Hoshimov |
13. | Ruhlar isyoni (doston) | Erkin Vohidov |
14. | «Begona» (qissa) | Alber Kamyu |
15. | “Sohibqiron” (she’riy drama) | Abdulla Oripov |
16. | “Oq kema” (qissa) | Chingiz Aytmatov |
17. | «Yolg‘izlikning yuz yili» (roman) | Gabriel Garsia Markes |
18. | “Otamdan qolgan dalalar” (roman) | Tog‘ay Murod |
19. | ” Ulug’bek xazinasi” (roman) | Odil Yoqubov |
20. | “Asrni qaritgan kun”(roman) | Chingiz Aytmatov |
21. | “Alkimyogar” roman | Paolo Koelo |
22. | “Mehrobdan chayon” (roman) | Abdulla Qodiriy |
23. | “Sariq devni minib” (roman) | Xudoyberdi To’xtaboyev |
24. | “Graf Monte-Kristo” | Aleksandr Dyuma |
25. | “O‘tmishdan ertaklar” (qissa) | Abdulla Qahhor |
26. | “Navoiy” (roman) | Oybek |
27. | «Ikki eshik orasi» | O‘tkir Hoshimov |
28. | “Ufq” | Said Ahmad |
29. | «Amerika fojiasi» (roman). | Teodor Drayzer |
30. | «GULAG arxipelagi» | Aleksandr Soljenitsin |
Kниги на русском языке | ||
№ | Название книги | Aвтор |
1. | «Евгений Онегин» | А.С. Пушкин |
2. | «Герой нашего времени» | М.Ю. Лермонтов |
3. | «Мертвые души» | Н.В. Гоголь |
4. | «Обломов» | И.А. Гончаров |
5. | «Преступление и наказание» | Ф.М. Достоевский |
6. | «Война и мир» | Л.Н. Толстой |
7. | «Хамелеон» | А.П. Чехов |
8. | «Старуха Изергиль» | М. Горький |
9. | «Мастер и Маргарита» | М. Булгаков |
10. | «Прощание с Матерой» | В. Распутин |
11. | «Ревизор» | Н.В. Гоголь |
12. | «Вишневый сад» | А.П. Чехов |
13. | «Тихая моя родина…» | Н. Рубцов |
14. | «Братские могилы» | В. Высоцкий |
15. | «Из ташкентского репортажа» | А. Вознесенский |
16. | «Василий Теркин» | А. Твардовски |
17. | «Мильон терзаний». | И.А. Гончаров |
18. | «Микроскоп» | В. Шукшин |
19. | «Один день Ивана Денисовича» | А. Солженицын |
20. | «Иуда Искариот» | Л. Андреев |
21. | «И дольше века длится день» | Ч. Т. Айтматов |
22. | «Приключения Алисы» | Кир Булычёв |
23. | Тимур и его команда | А. П. Гайдар |
24. | «Мой Дагестан» | Хамзатов Х. |
25. | «Идиот» | Ф. М. Достоевский |
26. | «Двенадцать стульев» | И. Ильф, Е. Петров |
27. | «Белеет парус одинокий» | В. П. Катаев |
28. | «Три толстяка» | Ю. К. Олеша |
29. | «Хаджи-Мурат» | Л. Н. Толстой |
30. | «Чингиз-хан» | В. Г. Ян |
№ | Books in English | author |
1. | In Search of Lost Time | Marcel Proust |
2. | Don Quixote | Miguel de Cervantes |
3. | Hamlet | William Shakespeare |
4. | The Odyssey | Homer |
5. | Crime and Punishment | Fyodor Dostoyevsky |
6. | Alice’s Adventures in Wonderland | Lewis Carroll |
7. | The Sound and the Fury | William Faulkner |
8. | To the Lighthouse | Virginia Woolf |
9. | Heart of Darkness | Joseph Conrad |
10. | Anna Karenina | Leo Tolstoy |
11. | Great Expectations | Сharles Dickens |
12. | Gulliver’s Travels | Jonathan Swift |
13. | The Grapes of Wrath | John Steinbeck |
14. | The Red and the Black | Stendhal |
15. | The Sun Also Rises | Ernest Hemingway |
16. | Robinson Crusoe | Daniel Defoe |
17. | Faust | Johann Wolfgang von Goethe |
19. | Father Goriot | Honoré de Balzac |
20. | Fairy Tales and Stories | Hans Christian Anderson |
“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi uchun yozilagan insholar qanday tekshiriladi?
“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi bo’yicha yoziladigan barcha insholarni “Registon” o’quv markazining malakali mutaxasislari tekshiradi. Tekshirish jarayonida inshoning barcha talablari hisobga olinadi va quyidagi mezonlar bo’yicha tekshiriladi:
- Mustaqil fikr va original g’oyalar miqdori va sifati.
- Imloviy xatolarning miqdori va sifati
- Uslubiy xatolarning miqdori va sifati
- Grammatik xatolarning miqdori va sifati
- Tinish belgilari bilan bog’liq xatolar miqdori va sifati
- Fikrlarning mantiqan bog’langanligi hisobga olinadi.
Tekshirish jarayonida har bir qatnashchining ishi ikki o’qituvchi tamonidan ko’rib chiqiladi. Birinchi o’qituvchi ishning imloviy, uslubiy, grammatik , tinish belgilari bilan bog’liq hamda fikrlarning grammatik bog’lanishiga doir xatolar miqdori hamda sifatini tekshiradi. Xatolarning soni hisobga olinadi. Sifati deyilganda o’sha xatolarning takrorlanganligi hamda davomiyligiga e’tibor qaratiladi. Bunday yo’l tutilishining sababi xatoni o’zi bilib, lekin o’sha joyda adashganidan qildimi, yo uning xato ekanligini bilmaydimi? Mana shu tamoni hisobga olinadi.
Ikkinchi o’qituvchi tamonidan har bir inshodagi mustaqil fikr va original g’oyalarning miqdori va sifati aniqlanadi. Tanlangan mavzu ochib berilganligi, originalligi va erkin fikrga asoslanganligi hamda birinchi o’qituvchining tekshirish natijalarini hisobga olgan holda 100 ballik tizimda ballar qo’yib chiqiladi.
“Registon” o’quv markazi
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko’chasi, 53-uy.
Qo’shimcha ma’lumot uchun: +99893-584-27-00 [vc_raw_html]JTNDaWZyYW1lJTIwd2lkdGglM0QlMjI2NDAlMjIlMjBoZWlnaHQlM0QlMjIzNjAlMjIlMjBzcmMlM0QlMjJodHRwcyUzQSUyRiUyRm1vdmVyLnV6JTJGdmlkZW8lMkZlbWJlZCUyRmp2YkdtSzFtJTJGJTIyJTIwZnJhbWVib3JkZXIlM0QlMjIwJTIyJTIwYWxsb3dmdWxsc2NyZWVuJTNFJTNDJTJGaWZyYW1lJTNF[/vc_raw_html][/vc_column][/vc_row]