“Eng yaxshi kitobxon -2019” tanlovi shartlari
Bu tanlovni o’tkazishdan maqsad:
Sir emaski, har bir odam tanasini rivojlantirib borishi, jismoniy charchamasligi uchun bir kunda uch yo to’rt marta ovqatlanadi. Ya’ni yashash uchun, tiriklikni saqlab qolish uchun o’ziga jismoniy energiyani oladi. Nima uchundir, ma’naviy-ruhiy energiya mavjudligini, u insonni hayvonot olamidan ajratib turishligini ko’pincha hisobga olmaymiz. Kitob aynan ma’naviy-ruhiy energiya manbai ekanligini anglashimiz va barchamiz dunyoqarashimizni “tuydirish”ni boshlashimiz kerak, nazarimizda. Mana shunday ezgu maqsadni ko’zlagan holda bu tanlov tashkil etildi.
Tanlov haqida qisqacha:
Tanlov 10.10.2019 dan 10.12.19 gacha davom etadi.
“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi ishtirokchisi quyida berilgan kitoblardan birini tanlab 10-oktabrdan to 10 dekabrgacha jiddiyat bilan o’qib chiqib, kitob mazmuni asosida o’z qarashlarini insho orqali yoritib beradi. Quyida berilgan asarlardan birini avval o’qigan qatnashchilar bo’lsa, unda ularning o’sha asar bo’yicha yozadigan insholari ham qabul qilinadi.
Hech bir asar shunchaki yozilmaydi. Chunki yozuvchi jamiyatdagi mavjud muammolarni kuzatadi hamda bu muammolarning ildizi, sababi, oqibatlarini obrazlar vositasida ko’rsatib beradi. Quyida berilgan barcha asarlarning tag zaminida ma’lum bir muammolar ko’tarilgan va ularning echimlari keltirilgan. Inshoning mazmun-mohiyati mukammal chiqishi uchun bu jihatlarga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Tanlov shartlari:
- Tanlovda 13 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin;
- Quyida berilgan kitoblardan birini tanlash;
- Tanlangan kitobni e’tibor bilan o’qib chiqish;
- Asardagi eng ta’sirli voqea, hodisa, obraz va boshqalar haqida mustaqil sarlavhali insho yozish;
- Insho mavzusi o’qilgan kitobning mazmunidan kelib chiqishi va bu mavzuning dolzarbligiga alohida e’tibor berish;
- Tanlangan mavzuni yoritishda erkin va tizimli fikrlash;
- O’qilgan asarda muallif qanday muammolarni olib chiqqan va uning qanday echimlari berilganligini inshoda yoritish;
- Tanlangan mavzuni ochib berish, uning originalligi va erkin fikrga asoslanganligiga diqqat qilish;
- Imloviy va leksik qoidalarga amal qilish;
- Insho 12 varaqdan iborat daftarga yozilishi lozim;
- Hajmi 500 so’zdan kam bo’lmagan insholar qabul qilinadi;
- Insholar o’zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
- 12 varaqdan iborat daftarga yozilgan inshoni eng yaqin “Registon” o’quv markazi filialiga topshirish;
- Daftarda qatnashchi haqida barcha ma’lumotlar: Ism va familiyasi, ta’lim muassasasi, telefon nomeri va boshqa kontaktlari bo’lishi lozim.
- 10.10.2019 yildan to 10.12.2019 gacha barcha tanlov qatnashchilari o’z insholarini topshirib bo’lishlari lozim.
P.S. Agar siz Toshkent shahrida bo’lmasangiz, unda o’n ikki varaqli daftarga inshoni yozib (albatta, qo’lyozma bo’lishi shart), +99893 008-27-00 telegram nomerga yoki saytimiz elektron manziliga sifatli rasmga olib ham jo’natishingiz mumkin. Agar siz g’olib bo’lsangiz Toshkent shahriga taklif etamiz.
Eng muhimi…
G’oliblar uchun:
- 1-o’rin noutbuk
- 2-o’rin planshet
- 3-o’rin kitoblar jamlanmasi
- 4-50-o’ringacha esdalik va qimmatbaho sovg’alar
- 51-200-o’ringacha esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadilar.
Asosiysi g’oliblar uchun “Yorug’likka intilib” nomli trening tashkil etiladi. Unda turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan mashhur insonlar yuqoridagi yutuqlarni g’oliblarga taqdim etadi.
“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi bo’yicha yozilgan insholar 10-dekabrgacha “REGISTON” o’quv markazining barcha filiallarida qabul qilinadi.
Tanlov g’oliblari 13-dekabrda www.rgn.uz saytida e’lon qilinadi. 15-dekabr kuni barcha g’oliblar taqdirlanadilar.
Murojaat uchun: +99893 584 27 00
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko’chasi 53-uy. Pochta indeks: 100100.
Barchaga omad tilaymiz!!!
[vc_raw_html]JTNDaWZyYW1lJTIwd2lkdGglM0QlMjI2NDAlMjIlMjBoZWlnaHQlM0QlMjIzNjAlMjIlMjBzcmMlM0QlMjJodHRwcyUzQSUyRiUyRm1vdmVyLnV6JTJGdmlkZW8lMkZlbWJlZCUyRmp2YkdtSzFtJTJGJTIyJTIwZnJhbWVib3JkZXIlM0QlMjIwJTIyJTIwYWxsb3dmdWxsc2NyZWVuJTNFJTNDJTJGaWZyYW1lJTNF[/vc_raw_html][/vc_column][/vc_row]