Annyongxaseyo yoxud hammasi Koreya va koreys tili haqida

Annyongxaseyo yoxud hammasi Koreya va koreys tili haqida

Nima uchun Koreya? 

Janubiy Koreya hukumati chet ellik talabalarning mamlakatga kelib, mahalliy universitetlarda o‘qishi uchun barcha sharoitni hozirlab qo‘ygan. 2015-yilda mamlakat hukumati tomonidan 200.000 xorijiy talabalarni jalb qilish bo‘yicha ilmiy reja qabul qilindi. Bugungi kunda 105.000 dan ziyod chet elliklar bu davlatda ta’lim olmoqda. 

Koreya ta’lim tizimi sifati va raqobatbardoshligi bilan dunyo davlatlari ichida yuqori o‘rinlarni egallaydi. Raqamli o‘qish sohasida(DRA) esa Koreya 1-o‘rinni band etgan. IT texnologiyalar, mashinasozlik, kemasozlik, kimyo sanoati bo‘yicha ham oldingi o‘rinlarda turadi. 

Janubiy Koreya

Koreyada talim tarzi 

Koreyada ta’lim olish va yashash narxlari AQSH, Kanada, Angliya va boshqa ingliz tilli davlatlarga nisbatan ancha arzon. Chet ellik talabalardan turli qo‘shimcha to‘lovlar talab qilinmaydi. So‘nggi vaqtlarda hukumat ta’lim olish uchun grantlar ajratish, yashash, turar-joy va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalalariga katta e’tibor qaratayotgani Koreya ta’lim tizimi jozibadorligini yanada oshirmoqda.  

Har yili chet ellik talabalar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari tashkil etilishi bir vaqtning o‘zida ham o‘qib, ham ishlashga imkon beradi. Mutaxassisliklarni tamomlagan bitiruvchilar uchun viza olish va ish qidirishga yordamlashuvchi Gold Card va Science Card tizimlari ishlab chiqilgan. Bakalavr, magistratura yoki doktoranturada tahsil oluvchilar va koreys tilini o‘rganuvchilar mamlakatga kelganidan so‘ng, 6 oydan keyin qonuniy ravishda ishlashga ruxsat beriladi.  

Qorning toqmi? 

Koreya haqida qiziqarli faktlardan biri, bu davlat aholisi ortiqcha vaznsizligi bo‘yicha dong taratgan. U dunyodagi eng katta iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatlardan biri. Har yili an’anaviy tarzda loy festivali o‘tkaziladi. Aytgancha, Koreyada chaqaloqlar tug‘ilishi bilan bir yoshga to‘lgan, hisoblanadi. O‘qituvchilar  mamlakatdagi eng obro‘li insonlar safida turadi. Ularga yaxshi haq to‘lanadi(oyiga o‘rtacha 2500 AQSh dollari). 

Dunyoning ko‘pgina hududlarida, xususan, bizda ham ilk muloqot salom-alik va hol-ahvol so‘rashdan boshlansa, koreyslar “qorning to‘qmi”, deb so‘rashishadi.  

Bu davlat sizni qiziqtirdimi? Qaysidir jihati bilan e’tiboringizni tortdimi? Unda nimani kutyapsiz? Tayyorlanishni hoziroq boshlang! TOPIK sertifikatiga ega bo‘ling va Koreyaga yo‘l oling! 

Aytgancha… 

Kimlar TOPIK topshirishi mumkin, deysizmi? Koreys tilini o‘rganuvchi va o‘zining koreys tili darajasini bilishni istagan barcha TOPIK imtihonlari topshirishi mumkin. Bizga bundan nima naf, deysizmi? Unda, eshiting. Bu imtihonning natijasi shundaki, imtihon o‘tgach, kamida bir yarim oy ichida, sizga imtihondan o‘tganligingiz(agar muvaffaqiyatli topshirgan bo‘lsangiz) haqida sertifikat beriladi.  

Eng asosiysi, sertifikatdagi daraja qanchalik baland bo‘lsa, kelajakda Koreyadagi bakalavr yoki magistrlikka o‘qish yoki serdaromad sohada ishlashingiz uchun shunchalik keng yo‘l ochiladi.  

TOPIK imtihonidan qancha muddatda yuqoriroq ball olish mumkin, degan savol bo‘lishi tabiiy. Agar o‘zingizda ishtiyoq va hafsala bo‘lsa, biz sizga:  

  • 4-5 oy ichida TOPIK 1-2;  
  • 9-10 oy ichida TOPIK 3-4; 
  • 15-20 oy ichida TOPIK 5-6 

olish imkonini beramiz. Ketadigan vaqt sizning qilayotgan harakatingizga asoslangan holda qisqarishi mumkin! Kimga tayyorlanaman, qayerda tayyorlanaman, deysizmi? Tavsiyamiz: 

Mashhura Madrahimova — “Registon” o‘quv markazining talabchan va mehribon, qobiliyatli pedagoglaridan biri. Salkam 10 yildan buyon koreys tili bo‘yicha repetitorlik bilan shug‘ullanadi. Bugungacha tayyorlagan o‘quvchi-shogirdlari shunchalar ko‘pki, hatto ularning aniq sonini ham bilmaydi… 

Mashhuraning dars o‘tish uslubi noodatiy va metodikadagi barcha qolip va chegaralarni butunlay parchalagan, desak bo‘ladi. Nega deysizmi? Unda eshiting! 

Dars davomida videorolik, kino va seriallar ko‘rib, ularni tahlil qilish, “Korean singer” qo‘shiqlarini tinglash, Korean restoranlarga borish, bu orqali Koreya ovqatlanish madaniyati va kundalik suhbatlarda ishlatiladigan so‘zlar bilan yanada yaqinroq tanishish tajribasi boshqa o‘qituvchilarda kuzatilmasa kerak. O‘qituvchimizning hech kimga o‘xshamagan metodikalaridan yana biri o‘quvchilarga muntazam ravishda 5-10 daqiqa motivatsiya berish, ularni ruhlantirishdan iborat.  

Xo‘sh, o‘quv markazlari ko‘p va koreys tili o‘qituvchilari bisyor bo‘lsa, nega men aynan “Registon”ni, Mashhura Madrahimovani tanlashim kerak, deysizmi? Bu savolga javobni o‘qituvchimizning o‘zlaridan eshitamiz: 

1. Ijodkorligim, ya’ni har bir darsga alohida tayyorlanib, mavzularga creative yondashishim; 

2. Qattiqqo‘lligim, shu bilan birga, mehribonligim; 

  3. Dars qoldirmasligim, ishimga mas’uliyat bilan yondashishim; 

4. Punktualligim; 

5. Psixologik sinchkovligim! Ya’ni, darsim o‘quvchilarimga yoqyaptimi yoki yo‘q, juda tez fahmlayman. Agar ularni zeriktirgan bo‘lsam, turli uslub va metodikalarimni ishga solaman. Albatta, yillar davomida to‘plangan tajriba natijasida, menda bunday usullar bisyor! 

Xulosa qilish — o‘zingizga havola!