Hamkorlikning istiqbolli qadamlari

Hamkorlikning istiqbolli qadamlari

Yaqinda start berilgan yangi ijtimoiy loyiha haqida sizlarni “Agar maqsadingiz sizni qo‘rqitmasa… “Registon” LCda yangi ijtimoiy loyiha” maqola orqali tanishtirgan edik. Bu galgi mavzuimiz ana shu loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida bo‘ladi.

“Registon” o‘quv markazining Shahriston filiali faoliyati haqida ham yodingizda bo‘lsa, “Shahristondan gapiramiz: havas qilgulik natijalar bor!” nomli maqolada yozgan edik. Hozri ham ayni shu filial xususida…

“Registon” LC Shahriston filiali Yunusobod tumanida joylashgan maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikda bir qator loyiha va aksiyalarni amalga amalga oshirib kelmoqda. Yaqindagina Yunusobod tumanida joylashgan 80-maktabda ana shunday ijtimoiy loyiha boshlandi.

— Maktabimiz 1968-yilda tashkil etilgan, — deydi ushbu maskan direktori Feruza Samadova. — O‘zim ikki yildan buyon ushba dargohga rahbar sifatida faoliyat yuritmoqdaman. O‘quvchilarimizni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ko‘rsatkichini ko‘tarish maqsadida bir qator amaliy ishlarni amalga oshirmoqdamiz. “Registon” o‘quv markazining qilgan taklifi bizga juda ma’qul. Hamkorlikda ishlashdan xursandmiz va ijtimoiy lohiyani to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz!

Loyiha davomida yuqori sinf o‘quvchilariga hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi va aniq maqsad sari harakat qilishi bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng o‘quvchilarning bilim va salohiyatlarini aniqlab olish maqsadida o‘zlari tanlagan yo‘nalish bo‘yicha test imtihonlari olindi. Bir necha kundan so‘ng DTM standartlari asosida o‘tkazilgan test natijalari bo‘yicha e’lon qilindi.

Yuqori natijaga erishgan o‘quvchilarga “Registon” LC tomonidan esdalik sovg‘alari hamda o‘quv markazida o‘qish uchun maxsus chegirmalarga ega sertifikatlar ham topshirildi.

 

 

Motivatsion: Yiqilishdan qo‘rqsangiz, hech qachon ucha olmaysiz! “Registon” LC bilan parvozlar xatarsiz bo‘ladi!