O‘zbekiston davlat psixologiya universiteti tashkil etiladi
[vc_row][vc_column][vc_column_text]O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish va psixologiya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori loyihasi ishlab chiqilgan.
Qaror loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston milliy universitetining “Psixologiya” va “Sotsiologiya” kafedralari negizida O‘zbekiston davlat psixologiya universitetini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Aytishlaricha, qaror loyihasi ayni vaqtda manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar berdi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.
Loyihada, shuningdek, Universitet tarkibida yuridik shaxs maqomida faoliyat yuritadigan Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yo‘lga qo‘yish ham taklif etilmoqda.[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row][vc_row][vc_column][/vc_column][/vc_row]