JANUBIY KOREYADA O‘QISHNI ISTAYSIZMI? SIZDAN NIMALAR TALAB ETILADI? (2-qism)
Ushbu maqola orqali siz Janubiy Koreyada o‘qish uchun 3 ta arzirli sabab, mamlakatda ta’lim haqi, turar-joy, transport va boshqa ko‘plab qiziqarli hamda kerakli ma’lumotlarni ololasiz!
Maqolamizning avval e’lon qilingan birinchi qismida Janubiy Koreyadagi ta’lim tizimi, nufuzli oliy ta’lim dargohlari hamda mutaxassisliklar bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rtoqlashgan edi…
Janubiy Koreyada o‘qish uchun arzirli 3 sabab
Avvalo, Janubiy Koreyaga xorijlik talabalar kerak…
Janubiy Koreya hukumati chet ellik talabalarning mamlakatga kelib, mahalliy universitetlardan biriga o‘qishini osonlashtirish uchun hamma narsani qilmoqda. 2015-yilda Janubiy Koreya tomonidan mamlakatga 200,000 xorijiy talabalarni jalb qilish bo’yicha ilmiy reja qabul qilingan. Bugungi kunda 100 mingdan ortiq chet elliklar allaqachon bu yerda ta’lim oladi. Janubiy Koreya hukumati ta’lim tugagandan so‘ng ish topish jarayonida chet ellik bitiruvchilarga yordam beradi.
Noyob madaniyat
“K-pop” musiqasidan koreys kinosiga qadar mamlakat madaniyati ko‘plab xalqaro talabalarni o‘ziga jalb etadi. Janubiy Koreya poytaxti Seul ulkan osmono‘par binolar, rivojlangan transport tizimiga ega sershovqin metropoliten bo‘lib, u hali ham an’anaviy koreys jozibasini yo‘qotmagan.
Mamlakatning rivojlangan transport tizimi tufayli siz Janubiy Koreyaning turli shaharlari, kichik tog‘ qishloqlari va hatto vulqon orollariga sayohat qilishingiz mumkin!
Jahon darajasidagi universitetlar
Janubiy Koreya hukumati akademik sohaga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va xalqaro darajada raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida ta’limni rivojlantirishga katta investitsiyalar kiritmoqda.
O‘qish haqi
Koreyada ta’lim davlat va xususiy universitetlarda to‘lov to‘lanadi. Faqat o‘qitish va qo‘shimcha xizmatlar narxi farqlanadi.
— Bakalavr darajasi 4 000 000 koreys vonidan, 32 million o‘zbek so‘miga to‘g‘ri keladi, AQSh dollarida hisoblasangiz, 1 yillik o‘qish uchun 3 300 $ atrofida
— Magistraturada o‘qish biroz qimmatroq, 9 000 000 von yoki 73 million so‘m.
O‘qish talabaning oziq-ovqat, turar joy, o‘yin-kulgi, shaxsiy xarajatlarini o‘z ichiga olmaydi!
Transport
Janubiy Koreyaning transport tizimi yaxshi tashkil etilgan mexanizm sifatida ishlaydi, hamma narsa toza, qulay, to‘liq foydalanish uchun xavfsiz. Xizmat xodimlari juda muloyim, har qanday savol bilan yordam berishga tayyor, bundan tashqari, aeroportlarda va yirik temir yo‘l stantsiyalarida, metroda asta-sekin hamma narsa ingliz tilida bo‘ladi.
Boshqa mamlakatga sayohat qilishdan oldin, siz tibbiy sug‘urta qilishingiz kerak. Baxtsiz hodisalar yuz bergan taqdirda, davolash xarajatlarini shunday qilib qoplash mumkin.
Siz uchun yana qaysi mamlakatda ta’lim olish bilan bog‘liq ma’lumotlar qiziq? Izohni kommentlarda qoldiring! Albatta, biz aynan siz xohlagan mamlakatdagi ta’lim jarayonlari bilan sizni tanishtirishga harakat qilamiz!