Qaysi davlat oliygohlar soni bo‘yicha yetakchi?

Qaysi davlat oliygohlar soni bo‘yicha yetakchi?

Qaysi davlatda oliygohlar soni ko‘pligini bilasizmi? Unday bo‘lsa biroz vaqtingizni ajratsangiz, quyidagi maqola orqari dunyoda eng ko‘p oliygohga ega davlatlar TOP 10 bilan tanishasiz!

Yaqinda Quora.com saytida mamlakatlari orasida son jihatidan eng ko‘p OTMga ega TOP 10 taligi e’lon qilindi.

Unda ko‘ra, Hindiston peshqadamlik qilmoqda. Mamlakat dunyodagi eng ko‘p oliygohlarga ega. Hozirgi kunda Hindistonda 4000 dan ortiq ta’lim muassasalari faoliyat yuritib kelmoqda.

Ikkinchi o‘rinni esa AQSh egallab turibdi. AQSh hozirda 3281 ta oliygohni o‘zida jamlagan.

E’tiborli jihati shundaki, AQShda 330 million fuqaro uchun 3200 dan ortiq oliygohlar bor. Hindistonda esa 1,5 milliard aholi yashaydi va oliygohlar soni o‘rtasida tafovut u qadar katta emas.

Quyida TOP 10 reytingi bilan tanishishingiz mumkin!

Hindiston — 4004 ta

Amerika Qo‘shma Shtatlari — 3281 ta

Xitoy — 2310 ta

Braziliya — 1507 ta

Rossiya — 1306 ta

Yaponiya — 985 ta

Meksika — 931 ta

Eron — 605 ta

Fransiya — 562 ta

Indaneziya — 487 ta