Sirdaryoda Turkiya tibbiyot universtiteti filiali ochiladi
Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti filiali o‘z faoliyatini Gulistonda 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab amalga oshiradi.
Ma’lumotga ko‘ra, filialda bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitish jarayoni 3+3 (3 yil O‘zbekistonda, 3 yil Turkiyada) tashkil etiladi, bunda 30 foiz talabalar universitet mablag‘lari hisobidan ajratiladigan grantlar asosida o‘qitiladi.
Qayd etilishicha, nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadigan ushbu filialda o‘qitish kunduzgi ta’lim shaklida, davlat va ingliz tillarida amalga oshiriladi.