Shahriston filialida “Speaking club”. Mehmon — Miss Abigail Awoley
“Bitta til bilgan odam — bitta odam, ikkita til bilgan odam — ikkita odam” deb bejizga aytishmagan. Atrofimizdagilardan kimdir 1-2 ta tilda soʻzlashadi, xolos. Boshqa birov esa kamida 4-5ta tilda bemalol muloqotga kirishadi. Bu o‘z-o‘zidan koʻpchilikning havasini keltiradi. Doʻstlari ham koʻp, oylik maoshi ham ancha yuqori.
Bugungi kunda 2-3 ta tilga ega boʻlish bu hayotiy zaruratga aylanib ulgurdi. Eng muhimi shundaki, til oʻrganish masalasi faqat bizning davrimizga kelib dolzarb boʻlmagan. Bundan roppa-rosa ming yil oldin yashab oʻtgan ajdodlarimiz ham chet tillarga jiddiy eʼtibor qaratganlar.
Chet tilini o‘rganishda albatta, amaliyot juda samarali yordam beradi. Aynan, shu tilni juda yaxshi bilgan va tushunganlar bilan imkon qadar suhbatlashishga harakat qilish til o‘rganishni va muloqatga kirishishni osonlashtiradi.
“Registon” LCning faoliyatidan xabardor bo‘lganlar markazda chet el fuqarolari bilan doimiy tarzda ingliz tili o‘rganuvchilari uchun “Speking club” tashkil etib borishini yaxshi bilishadi.
Bugun o‘quv markazning Shahriston filialida Miss Abigail Awoley bilan “Speaking club” o‘tkazildi. Til bilish darajasi turlicha bo‘lgan yoshlar bilan o‘tgan amaliy jarayonda hammasi samimiy, ularning imkoniyatlarini inobatga olgan holda tashkil qilindi. Qiziqarli savol-javoblar tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini erkin his qilishlari ta’minlandi. Ularning imkon darajasida muloqotga kirishishlariga ko‘maklashildi.
— Bugungi “Speaking club”da darslar davomida o‘rganganlarimizni qo‘llash imkoni tug‘ildi, — deydi Diyorbek Yoqubjonov. — Avvaliga biroz murakkabdek ko‘ringandi. Ammo auditoriyadagi muhim mendagi hayajonni va tortinchoqlikni chetga surishga yordam berdi. Bunday jarayonlarning tez-tez tashkil qilib borilishi, albatta, samarasini ko‘rsatadi.