Bu yil 2 ming nafar qizlar OTMda bepul oʻqitiladi

Bu yil 2 ming nafar qizlar OTMda bepul oʻqitiladi

Bugun Toshkentda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayollar yetakchi lavozimlarda: COVID-19 pandemiyasi sharoitida teng huquqli kelajakka erishish” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Mazkur davra suhbatida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva nutq soʻzlab, Oʻzbekistonda xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi haqida soʻz yuritdi.

E’tiborlisi, Narbayeva qizlar oliy taʼlim bilan qamrash masalasiga ham toʻxtaldi.

“Bu yil ehtiyojmand oilalarning 2 ming nafar qizlari oliy taʼlim muassasalarida bepul oʻqitiladi, oʻtgan yili ularning soni 950 nafar edi. Bu sonni oshirib borish masalasi shaxsan davlat rahbari nazoratida turibdi. Biz oliy taʼlim oluvchilar orasida qizlarni 50 foizga yetkazishga harakat qilishimiz kerak”, — deya taʼkidladi Senat raisi.