Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha sertifikat talabgorlarini onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha sertifikat talabgorlarini onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 12-oktabrdagi qarorida 2020-yil 1-dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilishi belgilangan edi.

2021-yil 3-mart kuni kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda.

Mazkur xizmat “Milliy sertifikatlar”  bo‘limida joylashgan bo‘lib, shu yerdan tegishli fan (kimyo yoki biologiya) ni tanlagan holda test sinoviga ariza berish mumkin.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi.

Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasiga kirish test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Eslatib o‘tamiz, 1-dekabrdan ona tili va adabiyot va matematika fani uchun ro‘yxatga olish boshlangan edi. Saytimizda e’lon qilingan maqola orqali sertifikat olish uchun o‘tkaziladigan imtihon haqida kengroq ma’lumot berilgan.

Maqolani o‘qish