Farmatsevtika texnik universiteti ochiladi
Toshkent viloyatida Farmatsevtika texnik universiteti ochiladi.
Ushbu universitet Toshkent viloyati Qibray tumanida “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri doirasida tashkil etiladi.
Universitet dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlaydi.
Bundan tashqari, klaster oʻz ichiga quyidagi vazifalarni oladi:
- innovatsion yechimlarni joriy etish orqali farmatsevtika sanoatini rivojlantirish;
- ixtisoslashtirilgan taʼlim infratuzilmasini yaratish;
- investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish;
- xalqaro standartlarga muvofiq dori vositalari va tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish;
- xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalari va ilmiy markazlari bilan aloqalarni rivojlantirish.