Sharq tillari filologiyasi va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti yo‘nalishida xorijiy OTM filiali ochiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Toshkent shahrida “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasi filiali tashkil etildi.
— Filialda sharq tillari filologiyasi, mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, biotibbiyot, aniq fanlar kabi yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
— Filial taʼlim faoliyatini 2021/2022 oʻquv yilidan boshlaydi.
— Taʼlim jarayoni rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham olib boriladi.
— Filialga talabalarni oʻqishga qabul qilish davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur filial bilan respublikadagi xorijiy oliy taʼlim muassasalari soni 25 taga, jami oliy taʼlim muassasalari soni esa 130 taga yetdi (harbiy va diniy OTMlardan tashqari).
Quyidagi video orqali xorijda ta’lim olish bo‘yicha muhim ma’lumotlarni olishingiz mumkin.