SamDU Urgut filiali ochiladi

SamDU Urgut filiali ochiladi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida Prezidentimiz tomonidan Urgut tumanida Samarqand davlat universitetining Urgut filialini ochish topshirigʻi berildi.

Urgut tuman iqtisodiyot va servis kolleji oʻrnida tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Narpay va Payariq tumanlarida Samarqand davlat chet tillar institutining fakultetlari ochiladi.

Davlat rahbari topshirigʻiga binoan endilikda Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi xizmat koʻrsatish texnikumi hamda Payariq tumanidagi iqtisodiyot va servis kasb-hunar kollejlarida Samarqand davlat chet tillar institutining “Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili)” va “Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili” fakultetlari ochiladi.