Jurnalistika bo‘yicha qayerda ta’lim olish mumkin?

Jurnalistika bo‘yicha qayerda ta’lim olish mumkin?

Jurnalistik faoliyatga alohida e’tibor qaratish barobarida sohadagi og‘riqli muammolarga yechim topish bo‘yicha sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jurnalistika sohaga qiziquvchilar hamda oliy ta’limni mazkur yo‘nalishda davom ettirish istagidagilarning ham safi ortmoqda. O‘ylaymizki, ushbu maqola jurnalistika yo‘nalishida ta’lim olishni maqsad qilganlar uchun foydali bo‘ladi.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil, 24-mayidagi qarorga ko‘ra Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ochildi. 2018-2019-o‘quv yilidan qabul boshlandi. Shu vaqtga qadar yurtimizda jurnalist kadrlarni tayyorlab kelgan O‘zDJTU va O‘zMUda jurnalistika bo‘yicha qabul to‘xtatilgandi.

O‘zJOKUda bakalavr bosqichi boʻyicha Xalqaro jurnalistika, Internet jurnalistika, Teleradiojurnalistika, Bosma va ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi, Sport jurnalistikasi, Harbiy jurnalistika yoʻnalishlari mavjud. Universitet hozirda yoʻnalishlar boʻyicha faqatgina jurnalistlarni tayyorlab qolmay, mediadizayner, mediamarketolog, PR menejerlar hamda axborot xizmatlari uchun ham kadrlar tayyorlamoqda. OʻzJOKUda 3 ta fakultet va 5 ta kafedra mavjud boʻlib, bakalavr, magistratura va sirtqi boʻlimlarda 10 dan ortiq yoʻnalish va mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim beriladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jurnalistika ta’limi bo‘yicha respublikadagi asosiy oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Shu bilan birga yurtimizdagi bir necha OTMlarda yo‘nalishlar mavjud. Quyida yo‘nalishlar va 2021-2022-o‘quv yilida ajratilgan qabul kvotalari bilan tanishasiz.

 

Taʼlim yoʻnalishlari nomi 2021/2022 oʻquv yili uchun qabul parametrlari
Davlat granti To‘lov shartnomasi
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Bosma ommaviy axborot vositalari 25 50
Internet jurnalistikasi 10 50
Sport jurnaslitikasi 10 40
Teleradio jurnaslitikasi 10 25
Xalqaro jurnaslitika 10 30
Harbiy jurnaslitika 10 15
Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar 20 55
Marketing (media marketing va reklama) 15 35
Dizayn (mediadizayn) 10 30
Siyosatshunoslik 10 15
 

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar 15 60
 

O‘zbekiston Milliy universiteti

Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar 15 60
                                                             

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Jurnalistika: xalqaro jurnalistika 5 45
Siyosatshunoslik 5 20
 

Buxoro davlat universiteti

Bosma OAV jurnalistikasi 5 20
Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar 5 20
 

Qoraqalpoq davlat universiteti

Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) 15 35
Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar 15 35
 

Qarshi davlat universiteti

Marketing (Turizm marketing) 5 20
 

Samarqand davlat universiteti

Noshirlik ishi 5 20
 

Samarqand davlat chet tillari instituti

Jurnalistika: xalqaro jurnalistika 5 20
 

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) 5 95
 

Urganch davlat universiteti

Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) 5 20