Endi magistratura va doktoranturaga kiruvchilarning chet tilini bilish xalqaro sertifikati bo‘lishi shart
Prezident raisligida chet tillarni ommaviy oʻrganish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilayotgan yigʻilishda taʼkidlanganidek, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliygoh bitiruvchilari kamida 2 ta chet tilini mukammal bilishi shart boʻladi.
Bugungi kunda Oʻzbekistondagi 25 ta oliygohda oʻqitish chet tilida olib boriladi. 2016-yilda ular soni 7 ta boʻlgan. Oʻzbekistonlik 60 ming yigit-qiz yetakchi xorijiy oliygohlarda tahsil olmoqda. Bu 2016-yil bilan solishtirganda 12 baravar koʻp.
Shunga qaramay yigʻilishda chet tillarini oʻqitish boʻyicha joylardagi haqiqiy ahvol qoniqarsiz ekani qayd etildi.
Shuningdek, taʼlim tizimida 2 mingdan ortiq chet tili oʻqituvchilari lavozimi vakant boʻlib qolayotganini tanqid qildi. Eng koʻp boʻsh oʻrinlar Qashqadaryo (380), Samarqand (287), Jizzax (1400, Toshkent (120), Surxondaryo (90) viloyatlari hissasiga toʻgʻri keladi.
Kelgusi yildan boshlab magistratura va doktoranturaga kiruvchilar chet tilini bilish xalqaro sertifikatiga ega boʻlishi talab etiladi.