IELTS, TOEFL kabi imtihonlardan yuqori ball toʻplaganlarning xarajatlarini qoplab berish boshlandi

IELTS, TOEFL kabi imtihonlardan yuqori ball toʻplaganlarning xarajatlarini qoplab berish boshlandi

Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibi joriy etilmoqda.

Bunda, imtixon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtixon tizimlari roʻyxati tasdiqlangan. Mazkur roʻyxatga GMAT, IELTS, TOEFL, GRE, SAT kabi imtixonlar kiritilgan. Imtixon topshirish xarajati 2021-yil 1-maydan boshlab kompensatsiya qilinishi boshlaydi.

CAE, DAF, JLPT, HSK va boshqalar boʻyicha xarajatlar 2022-yil 1-yanvardan boshlab kompensatsiya qilinadi.

Ariza beruvchi imtixon topshirish vaqtida 30 yoshga kirmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs boʻlishi mumkin.

Imtihon xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplanadi.

Ushbu davlat xizmatini olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.

Soʻrovnomaga imtixon topshirish xarajati toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov kvitansiyasi hamda maxsus sertifikat PDF shaklida ilova qilinishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 15 kunda arizachining sertifikatini verifikatsiyadan oʻtkazadi.

Sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlash imkoni boʻlmasa, Yoshlar ishlari agentligi 30 kunda maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlashni soʻrab xorijiy tashkilotga soʻrov yuboradi.

Imtihon topshirish xarajati quyidagi talablarga javob berganda kompensatsiya qilinadi:

imtihonlarning biri yoki bir nechtasi boʻyicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinishi uchun toʻplanishi lozim boʻlgan yuqori ball (daraja)ning minimal koʻrsatkichi yoki undan yuqori natija qayd etilganda;

maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun oʻtmasdan kompensatsiya tshlashni soʻrab murojaat qilganda;

maxsus sertifikatda koʻrsatilgan imtihon natijasining haqiqiyligi va toʻgʻriligi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tasdiqlanganda.

SMS-xabar orqali ijobiy javob olganidan soʻng, ariza beruvchi kompensatsiyani olish uchun oʻzi tanlagan Xalq bankining filialiga murojaat etishi kerak.