Chet tillariga ixtisoslashgan OTMlarga qabul kvotalari 2, davlat granti 3 baravarga oshiriladi
2021/22 o‘quv yilida xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan OTMlarga qabul parametrlari 2 baravarga, davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlari esa 3 baravarga oshiriladi.
Bu — xorijiy tillarrni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha prezident qarorida belgilandi.
Shuningdek, qarorga asosan, 2022/23 o‘quv yildan boshlab, xorijiy tillarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan OTMlar bitiruvchilari davlat attestatsiya imtihonlarini topshirishdan tashqari, milliy yoki unga tenglashtirilgan boshqa yetakchi xalqaro baholash tizimlarida ham imtihon topshiriladi.
Bunda bitiruvchilarning imtihon topshirish xarajatlari OTM zimmasida bo‘ladi.
2022/23 o‘quv yildan boshlab, OTMlarning magistiratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi tartibi joriy etiladi.
Bunda filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga darajadagi xalqar sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.