Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ro‘yxatga olish muddati uzaytirildi

2021-yil 17-may kuni kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlash imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Unda ro‘yxatga olish 27-mayga qadar davom etishi belgilangan bo‘lib, fuqarolarning ko‘plab murojaatlariga asosan, mazkur muddat 30-mayga qadar uzaytirildi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 30-mayga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!