Adju universitetida qabul davom etmoqda  

Adju universitetida qabul davom etmoqda  

Toshkent shahridagi Adju universitetiga 2021/2022 o‘quv yili uchun talabalar «Arxitektura», «Qurilish muhandisligi», «Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi» yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

Abituriyentlar 15 iyulgacha quyidagi usullarda hujjatlarni topshirishi mumkin:

Onlayn – www.ajou.uz saytida.

Oflayn – Universitet binosida.

Kirish imtihonlari ingliz tili va matematika fanidan 25 iyul kuni Koreya Respublikasining Adju Universiteti vakillari tomonidan o‘tkaziladi.

Imtiyozlar:

IELTS 5,0 va undan yuqori (yoki TOYeFL IBT 50 va undan yuqori) sertifikati taqdim qilgan abituriyentlar ingliz tili bo‘yicha kirish imtihonidan ozod etiladi.

Davlat subsidiyasi tufayli bu yil qabul qilinadigan talabalar uchun shartnoma miqdori quyidagicha:

Arxitektura fakulteti – 8,5 mln. so‘m.

Qurilish muhandisligi fakulteti – 7,8 mln. so‘m.

Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi – 7,8 mln. so‘m.

Universitetning ta’lim faoliyati Koreya Respublikasining Adju universitetining o‘quv rejalari va dasturlari asosida ingliz tilida amalga oshiriladi. Ma’ruzalar salohiyatli va malakali mahalliy hamda Koreya Respublikasidan taklif qilingan professor o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

Toshkent shahridagi Adju universitetida ta’lim olish uchun keng imkoniyatlar, ilmiy va innovasion faoliyat olib borish uchun yetarli darajada sharoitlar yaratilgan.

Universitetni tamomlagan bitiruvchilarga jahondagi top – 550 talikka kirgan Koreya Respublikasining Adju Universitetining xalqaro diplomi beriladi.