“Registon IELTS granti” tanlovining 2-bosqichi

“Registon IELTS granti” tanlovining 2-bosqichi

— Xabaringiz bor, Respublika miqyosida Registon ta’lim loyihasi tashabbusi bilan 500 nafar yoshlarni BEPUL o’qitish maqsadida “Registon IELTS Granti” tanlovi e’lon qilingan edi.

— Grant tanlovi e’lon qilingandan so’ng ushbu loyiha yuz minglab yoshlar orasiga kirib bordi va 110 mingdan ziyod yoshlar ushbu grant uchun ro’yxatdan o’tdilar.

Tanlovning 1-bosqichida Respublikamizning turli hududlaridan 20 minga yaqin iqtidorli yoshlar ishtirok etdi hamda eng yaxshi natija ko’rsatgan 1665 nafar nomzodlar keyingi bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritishdi.

Tanlovning 2-bosqichi (final) 26-fevral kuni Registon o’quv markazining filiallarida bo’lib o’tadi.

❗️ Final bosqichiga nomzodlar o’zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID) bilan kelishlari kerak. Final bosqichi haqida barcha ma’lumotlar nomzodlarga sms xabarnoma orqali ma’lumotlar beriladi, shuningdek, maxsus yopiq guruhda batafsil ma’lumotlar beriladi.

✅ Ma’lumot uchun:

1. Tanlovga Respublikaning turli hududlaridan 110 mingdan ziyod iqtidorli yoshlar ro’yxatdan o’tdi;
2. Tanlovning 1-bosqichida 20 minga yaqin nomzod ishtirok etdi;
3. Eng yaxshi natija ko’rsatgan 1665 nafar nomzod 2-bosqichga yo’llanma oldi.

💪 Final bosqichi nomzodlariga omad tilaymiz!

🔸 Eslatib o’tamiz: Tanlovning mutlaq g’oliblari munosib taqdirlanadi. Grant g‘oliblari “Registon IELTS Granti” g‘oliblik guvohnomasi, maxsus ta’lim Granti, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi. (Batafsil ma’lumot) 🎉

© Hurmat bilan, Registon ta’lim loyihasi ma’muriyati