Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi
✅ 2023-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
📚 Imtihonlar o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida tashkil etilib, unda 4 614 nafar talabgor ishtirok etdi. 9 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
📋 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.
✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:
🔹 60 % dan 86 % gacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;
🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.
❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentlarga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.