Nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlanishini taʼminlash Konstitutsiyada belgilanadi
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi e’lon qilindi.
E’tiborlisi, Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining 50-moddasida “Davlat uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi”, – deyilgan.
Nodavlat ta’lim tashkilotlarining rivojlanishini ta’minlash masalasi Konstitutsiya darajasida belgilanishi keyinchalik bir qaror bilan yopilib yoki yo‘q bo‘lib ketishi mumkin, degan taxminlarni yo‘qqa chiqaradi.
Xususan, Konstitutsiyaviy Qonun loyihasining 16-moddasida ham “Birorta qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaning prinsip va normalariga zid bo‘lishi mumkin emas” deb belgilangan.
Manba: Oliygoh.uz