“Registon” xususiy maktabi: TA’LIMDA QUTBLAR O‘ZGARMOQDA!

“Registon” xususiy maktabi: TA’LIMDA QUTBLAR O‘ZGARMOQDA!

Yon-atrofdagi siz ko‘rgan va anglab-anglamayotgan nimaiki muammo bo‘lsa, barchasining yechimi, avvalo, ta’lim tizimida yotibdi. Jamiyatni taraqqiyotning cho‘qqisiga olib chiqib, mamlakatni yuksaklarga ko‘tarib, nomini dunyoga doston qiladigan omil shubhasiz TA’LIM hisoblanadi. Jadidlarni eslang, ular ham yechimni faqat ta’limda ko‘rishgan, maktablar ochib, aholining savodini oshirishgan, bilimli kadrlarni rivojlangan xorijiy davlatlariga o‘qishga jo‘natishgan, darsliklar chop etishgan… va ular to‘g‘ri yo‘lda edi!

Bugun ta’lim tizimiga e’tibor o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli darajada yaxshilangan. Maktab darsliklari, o‘qituvchilarning sharoiti masalasi, istiqbolli kadrlarni aniqlab, ularni porloq kelajak sari yo‘naltirish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash mustaqil O‘zbekistonimizning eng ustuvor vazifalaridan etib belgilangan.

“Registon” o‘quv markazi ham yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga kamarbasta o‘laroq, 2014-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Sifatli ta’lim, natijaviylik, mas’uliyatlilik, avval tarbiya, keyin ta’lim, degan bosh mezon asosida eng sara pedagoglarni yagona maqsad yo‘lida bir jamoaga birlashtirib, O‘zbekiston ta’limini dunyoda birinchi o‘ringa olib chiqish yo‘lida harakat qilmoqda!

Ayni kunda o‘quv markazimizning 30 ga yaqin filiallari butun respublika bo‘ylab faoliyat yuritib kelmoqda. Biz 40 mingdan ziyod bitiruvchilarni o‘qitib, ularning o‘z maqsadlariga erishishlarida yelkadosh bo‘lganmiz. Safimizda esa 1000 ga yaqin professional, o‘z sohasining yetuk mutaxassis pedagoglari jam bo’lgan!

Sanoqli kunlarda faoliyatimizda yangi yo‘nalish – “Registon” xususiy maktabi o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu ham oliy maqsadimiz bo‘lmish ta’limni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlarimizdan biridir. Poytaxtimiz markazida qad rostlayotgan “Registon” xususiy maktabi” nodavlat umumta’lim tashkiloti malakali arxitektorlar tomonidan eng so‘nggi texnologiyalar asosida barcha standartlarga javob beradigan shaklda bunyod etilmoqda…

Nega aynan “Registon” xususiy maktabi?

Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimidagi tajribalardan ma’lumki, xususiy sektor bilan davlat sektori har doim yonma-yon ishlaydi. Ko‘p hollarda xususiy maktablar o‘quvchilarga muvaffaqiyatli hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan hamma narsani – sifatli ta’lim va istiqbolli muhitni, muhimi, kafolatlangan kelajakni taqdim etadi. “Registon” xususiy maktabi ham ayni shu yo‘lni tanlagan, bizda biznes va iqtisod ikkinchi o‘ringa tushib, asosiy e’tibor songa emas, sifatga, natijaga qaratilmoqda.

Xususiy maktabimiz binosi 11 ming kvadrat metrdan oshiq maydonda tashkil etilmoqda. Xonalari baland, keng va yorug‘. Auditoriyada havo aylanishi, isitish tizimi zamonaviy “Chiller” tizimi asosida yo‘lga qo‘yilgan. Bu maktab binosi, sinfxonalarda farzandlarimizning toza havo hukmron bo‘lgan muhitda ta’lim olishi, mavzularni yaxshi o‘zlashtirishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, degani.

“Registon” xususiy maktabi Toshkent shahrining har tomonlama qulay bo‘lgan Shayxontohur tumanining “Tinchlik” metro bekatiga yaqin manzilda joylashgan. Bu farzandini maktabga olib keladigan ota-onalar uchun muhimdir. Ayni damda “Registon” xususiy maktabi uchun qabul boshlangan, maktabimiz qurilish jarayonlari bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin:

“Registon” xususiy maktabining ustunligi nimada?

Maktab farzandingizni ma’lum vaqt davomida xonada ushlab turishgagina xizmat qilyaptimi, demak tanlovda adashgansiz. Kech bo‘lmasidan bolangizni to‘g‘ri yo‘naltirishingiz, porloq kelajagi uchun hozirdan harakatni boshlashingiz lozim. “Registon” xususiy maktabi esa bu borada sizga quyidagilarni taklif etadi:

  • Bizda bolalar ertalabki 08:00 dan kechki 17:00 gacha ta’lim olishlari mumkin. Sinfda maksimal 20 nafar o‘quvchi bo‘ladi. Elektron doska, belgilangan standartlar asosida yasalgan, Turkiyada ishlab chiqarilgan stol-stullar, qolaversa har bir o‘quvchi uchun alohida kitob va kiyim javonlari mavjud bo‘ladi. O‘quvchilar davlat ta’lim standartlarida belgilangan darslardan tashqari saralangan eng kuchli repetitorlarimiz tomonidan tashkil etiladigan qo‘shimcha darslar, sport to‘garaklari, robototexnika va til kurslarida bilim olishlari mumkin.
  • “Registon” xususiy maktabi har bir bolaning iqtidorini kashf etishni bosh maqsad qilib yo‘lga qo‘yilgan loyihadir. Zero, qobiliyatsiz bola bo‘lmaydi. Uni kashf etolmaydigan o’qituvchi va ta’lim muassasasi bor, xolos. Har bir bola alohida dunyo va uning qaysi sohaga iqtidori borligi faqatgina individual yondashuv orqali aniqlasa bo‘ladi. “Registon” xususiy maktabi esa farzandingizning iqtidorini kashf etish, uni to‘g‘ri yo‘naltirib, o‘ziga mos soha tanlashiga yordam berish, qolaversa, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi, haqiqiy lideri bo‘lishi uchun yo‘lchi yulduz vazifasini o‘taydi.

Ustozlarimiz haqida

Barcha o‘quv markazlari va xususiy maktablarning asosiy tashrif qog‘ozi malakali ustozlar hisoblanadi. “Registon” ta’lim loyihasida 1000 ga yaqin tajribali pedagoglar faoliyat olib boradi. Maktabimizda esa shu katta jamoaning liderlari dars o‘tishadi. Ularning xarizmasi, liderlik qobiliyati o‘quvchilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, kelajakka ruhlantirishi shubhasiz!

“Registon” ta’lim loyihasi kecha paydo bo‘lib qolgani yoki bugun osmondan “tap!” etib tushgani yo‘q. Biz 10 yildan oshiq vaqt davomida o‘quvchilar bilan ishlab, ularning maqsadlariga erishishlarida ko‘mak berib kelyapmiz. Ustozlarimiz davlat sektorida faoliyat yuritmagan. Chunki davlat maktablaridagi sharoit, vaziyatda ishlab yurgan, shu muhitga moslashgan o‘qituvchilar ko‘p hollarda xususiy maktabda natija chiqara olmagan. Biz kreativ, o‘zgacha fikrlaydigan va qoliplarni buzib, o‘zining noodatiy metodlariga ega bo‘lgan kadrlarni safimizga jamlaganmiz. Ta’limni jang maydoniga qiyoslasak, “jangchi”larimiz eng so‘nggi “qurol-aslaha”lar bilan ta’minlangan, o‘zining strategiyasiga ega mutaxassislardir!

Avval iqtisod…

Maktabda diyetolog tomonidan tasdiqlangan taomnoma asosida 4 mahal (Tonggi nonushta, ikkinchi nonushta, tushlik va kechki tushlik) ovqat beriladi. Bolalarning ratsionga to‘liq amal qilishi, to‘g‘ri va me’yorida ovqatlanishi, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bu paytda qo‘shimcha ustozlar tomonidan nazorat qilinishi ta’minlanadi.

Bolangizdagi turli xil o‘zgarishlar, psixotravma, qo‘rquv yoki boshqa holatlardan endi  xavotirga tushmasangiz bo‘ladi. Bu bilan maktabimizdagi psixologik xizmat ko‘rsatuvchi malakali psixologlarimiz shug‘ullanib, ular sizga farzandingizning ruhiy holati bo‘yicha tegishli xulosalarni taqdim etishadi!

Baholash tartibi haqida

“Registon” xususiy maktabi da baholash tartibiga jiddiy e’tibor beriladi. Maktabimizdagi o‘quvchilarning bilimi doimiy sifat nazoratidan o‘tadi, ya’ni “Assessment centre” tomonidan har chorakda imtihon olinadi. Adolatli tarzda baholangan haqiqiy baho esa boladagi kamchiliklarni erta aniqlash va uni to‘ldirishga imkon beradi.

“Registon” xususiy maktabi bo‘lsa, repetitorga hojat yo‘q!

Yon-atrofimizdagi ko‘pchilik o‘quvchilardan qiyos qilsangiz, ularning asosiy vaqti maktabdan ko‘ra tayyorlov kurslarida o‘tadi. Bizda bir o‘q bilan ikki quyonni ura olasiz. Chunki darsdan so‘ng barcha fanlardan qo‘shimcha darslar yo‘lga qo‘yilgan. Ingliz tili va SAT darslaridan esa asosiy tili ingliz tili bo‘lgan (native speaker) xorijlik tajribali pedagoglar dars beradi. “Registon” xususiy maktabi farzandingizni DTM imtihoniga emas, balki hayotga, kelajakka tayyorlaydi!

“Registon” xususiy maktabi o‘quvchilari sharqona ta’lim asosida tarbiyalanishadi. Ular oilasiga, vataniga, jamiyatga xizmat qiladigan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishadi. Biz bu yo‘lda bor imkoniyatimizni ishga solishga tayyormiz!

“Registan School” ta’lim dasturi

“Registon” xususiy maktabi da o‘qish narxi qancha?

Ta’limga tikilgan investitsiya – eng to‘g‘ri yo‘naltirilgan investitsiya! “Registon” xususiy maktabi bilan pulingiz yoningizda qoladi, qolaversa, kelajakda o‘zingizga bir necha barobar bo‘lib qaytib keladi. Nega desangiz, hali bu qulaylik O‘zbekistondagi biror xususiy maktab bormi-yo‘qmi, bizga qorong‘i.

“Registon” xususiy maktabida bir oylik o‘qish narxi 4 million 400 ming so‘mni tashkil etadi. Bu yuqorida sanalgan barcha maktab xarajatlarini o‘z ichiga oladigan summadir. Qolaversa, yillik to‘lov va ko‘p farzandli ota-onalar uchun chegirmalar ham mavjud.

 

Boshidan o‘tgan tabib!

“Registon” ta’lim loyihasining asosini jamoadagi ruh tashkil qiladi. Ustozimiz, “Registon” ta’lim loyihasi asoschisi Avazbek aka Tulovov ham pedagog, o‘qituvchilikdan chiqqan insondir. Ta’limdagi nima muhimligini u kishi yaxshiroq biladilar. Shuning uchunmi, har bir xodimni saralashda individual suhbat asosida ishga qabul qilganlar. Tabiiyki, natija ham shunga yarasha, “Registon”da chin ma’nodagi pedagog mutaxassislar, ikki ko‘zi yonib turgan jo‘shqin o‘qituvchilar jamoasi shakllangan. Ustoz va menejerlarimiz, qo‘yingki butun oilamiz a’zolarining maqsadi mushtarak: O‘zbekiston ta’limini dunyoda birinchi o‘ringa olib chiqish!

O‘zbekistondagi ta’lim tizimiga yangi qon olib kirish vaqti keldi. “Registon” ta’lim loyihasi orqali biz ta’lim tizimini dunyoda birinchi o‘ringa olib chiqish, ta’limdagi qutblarni butunlay boshqa tomonga o‘zgartirish uchun astoydil kirishganmiz. Endi farzandlarimiz umrining yarmini maktabda, yarmini esa repetitorda o‘tkazib, ikki o‘t orasida sarson-sargardon bo‘ladigan vaqtlar o‘tmishga aylanishi shart. Bolangizning kelajakda kim bo‘lishi hozir qayerda o‘qiyotganiga chambarchas bog‘liqdir. Nima bo‘lganda ham, atrofimizdagi jamiiki muammolarning yechimi, avvalo, ta’lim tizimida yotibdi. Xulosa o‘zingizdan, tanlovda adashmang!