“Registan LC” filiallariga tashrif: Andijon va Farg‘ona filiallari faoliyatiga nazar!

“Registan LC” filiallariga tashrif: Andijon va Farg‘ona filiallari faoliyatiga nazar!

“Registon” ta’lim loyihasi yagona eng oliy missiya asosiga qurilgan: O‘zbekiston ta’limini dunyoda birinchi o‘ringa olib chiqish! Ijodiy jamoamiz o‘quv markazimizning vodiydagi filiallariga tashrif buyurib, u yerda “Registon” oilasi nimalar bilan mashg‘ul, yurtimizda ta’lim tizimini rivojlantirish hamda maqsadimizga erishish yo‘lida qanday yangiliklar tayyorlashgan, mahalliy aholi faoliyatimizdan qanchalik rozi ekanligini o‘rganishdi. Quyida shu haqda so‘z boradi.

Biz “Registon”ni tanlaganmiz! Chunki…

Andijon filialiga tashrifimiz davomida bizga filial rahbari Jasurbek Yusupov hamrohlik qildilar. Mazkur filial Andijon shahridagi poyezd vokzali ro‘parasida, mahalliy aholi tilida “Yangibozor” deb yuritiladigan mavzedagi Bobur haykali yonida joylashgan.

Andijon filialimiz ko‘rgan odamning havasini keltiradigan g‘ishtli binoda tashkil etilgan. Xuddi xorijdagi nufuzli oliygohlar hamda o‘zimizdagi Vestminster kabi! Har tomonlama qulay, bir yoni vokzal, atrofi bozor, avtovokzal…

Birinchi qavat qabulxonadan iborat. Ikkinchi qavatda jami 20 ta xona mavjud bo‘lib, undan 17 tasi o‘quv xonasi, qolgan uchtasi esa direktor xonasi, oshxona va kutubxona hisoblanadi. Ayni kunda o‘quv markazimizda 25 nafardan ziyod professional o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ulardan 17 nafari ingliz tili ustozlari bo‘lsa, qolganlari abituriyent tayyorlaydigan o‘qituvchilardir. Shunday kichkinagina jamoa 500 ga yaqin o‘quvchilarga ta’lim berib kelishmoqda!

Boshqa filiallar kabi Andijon filiali ham asosan ingliz tiliga ixtisoslashgan, ya’ni ingliz tili boshqa fanlarga nisbatan chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi. Ingliz tili o‘qituvchilari va boshqa abituriyent tayyorlaydigan ustozlarimiz o‘z sohasining haqiqiy egalari, mutaxassislaridir. Ular turk litseylarini bitirishgan, xorijiy davlatlarda o‘qib kelishgan, kamida, chet elda malaka oshirgan professional o‘qituvchilar hisoblanishadi.

Filialni sayr qilarkansiz, dastavval e’tiboringizni ichkaridagi muhit o‘ziga tortadi. Siz ham bu yerdagi debatlarga, dars jarayonlariga sho‘ng‘ib ketasiz! O‘quv markazimizdagi atmosfera o‘quvchilarni o‘qishga, ta’lim olishga qiziqtirmasdan qo‘ymaydi. Ayniqsa, xonalarning o‘zgacha dizayni va ularning mashhur shaharlar nomi bilan atalgani bizda qiziqish uyg‘otdi. Ustozlar darsiga kirib, ularning fikrini olarkansiz, o‘quvchilar bu yerda sifatli ta’lim berilishini, natijalar ijobiyligi va “Registan LC” bilan o‘z kelajaklarini ko‘ra olishlarini aytishadi.

O‘qituvchilarimiz esa:

– Ortiqcha hujjatbozlikdan yiroq, faqat o‘z ustida ishlab, darslar sifati hamda o‘quvchilar natijasi uchun tinmay harakat qilishlarini;

– Qo‘shimcha DTM testlari va oylik sinovlar uchun tayyorlagan testlariga, shuningdek qo‘shimcha darslari uchun ham oyligidan tashqari bonus olishlarini;

– O‘quvchilari IELTS dan yaxshi natija ko‘rsatishsa bunga ham qo‘shimcha bonuslar tayinlanishini;

– O‘quv reja yoki ish rejalari bilan emas balki maxsus kitoblardan dars o‘tilishini alohida ta’kidlashdi. Ularning yuz-ko‘zlaridan o‘quv markazimizning Andijon filialidagi muhit, bu yerda yaratilgan shart-sharoit ularga ma’qulligi, ustozlar, top-menejer hamda o‘quvchilarimiz mamnunligi ko‘rinib turardi.

O‘qituvchiga ikkinchi darajali shaxs sifatida qaralmaydi

Ustozlarni ishga olish juda murakkab jarayonlardandir. Yangi ishga kirmoqchi bo‘lgan o‘qituvchi avval HR-menejer bilan, undan keyin rahbar bilan suhbatlashadi. Ikkinchi bosqichda esa barcha o‘qituvchilar ko‘z oldida bolalarga dars o‘tib, o‘z metodini, pedagogik mahoratini namoyish etishadi. Bir haftalik sinov muddatida bizdagi kitoblarni, boshqa ustozlarning mahoratlarini, tajribasini o‘zlashtirib bo‘lganidan keyin ularga dars berilib, jamoamizga qabul qilinadi. Faqat eng kuchli va o‘z ustida ishlaydigan professionallargina biz bilan bir safda yura olishadi!

O‘quvchilar bitta kitobni tugatgunicha 4-5 martagacha imtihon topshiradi. Imtihonlar ichki va tashqi imtihonlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, oylik sinov testlari ham muntazam ravishda tashkil etiladi. Imtihonlar maksimal darajada DTM sinov testlaridek formatda bo‘lishi ta’minlanadi. Bundan maqsad o‘quvchilarni ruhiy-psixologik jihatdan ham tayyorlashdan iborat.

“California” deb nomlangan xonaga kirganimizda, o‘zlarining natijasi 8.0 bo‘lgan Shohistaxon opa Hamroqulova dars berayotgan ekan. Bu kishi “Registon” Andijon filialida IELTS instruktor bo‘lib ishlaydilar, shu bilan birga filialdagi IELTS o‘qituvchilarining lider ustozi hamdir. Maqsadlari mushtarak, rejalari ulkan, ko‘zlari yonib turgan, shijoat va g‘ayrat bilan o‘qiyotgan o‘quvchilarning keng dunyoqarashi, tiniq fikrlarini eshitib, jamoamiz bilan juda ham xursand bo‘ldik.

O‘quv markazda kichkintoy bolajonlar bilan ishlash ham tizimli yo‘lga qo‘yilgani quvonarli holdir. Bu yerda prezident maktablariga tayyorlov kurslari, rus tili va ingliz tili kurslari bolajonlar bilan gavjum. Fikrimiz isboti o‘laroq, video davomida kichkintoylarning ingliz tilida ravon gapirishlariga ham guvoh bo‘lishingiz mumkin. Ota-onalar ishonib, farzandining kelajagini “Registan LC” bilan ko‘rishibdimi, ustozlarimiz ham yaxshi natija chiqarish, yuzlarini yorug‘ qilish uchun harakatdan aslo to‘xtashmaydi!

– “Registan LC” Andijon filialida CEFR bo‘yicha dars beraman. Ayni damdagi bilimim va darajam bilan bemalol boshqa o‘quv markazlari, xususiy maktab, xususiy universitetlar yoki davlat OTMlarida ishlashim mumkin. Lekin men “Registon”ni tanlaganman. Chunki bu yerda o‘qituvchiga ikkinchi darajali shaxs sifatida qaralmaydi, menejerlardan tortib boshliqlarimizgacha ustozlarga alohida hurmat ko‘rsatishadi. O‘quvchilar esa boshqa joylardagi o‘quv markazlariga nisbatan bilimga chanqoq, tirishqoq, ahil va inoq. “Registon”da ishlash va dars berish oson, qolaversa, zavqli! Aynan shuning uchun ham men bu yerdaman! – deydi yuzlab o‘quvchilari natija ko‘rsatgan ingliz tili o‘qituvchisi, CEFR instruktor Dilnoza Asadullayeva. Video davomida ustozimizdan CEFR va IELTS farqi nimada ekanligi haqida qimmatli fikrlarni tinglab, bu ikkisini ajratib, tushunib olishingiz mumkin!

Qolaversa, Andijon filialining boshqa filiallardan yuz foiz ajralib turadigan noodatiy jihati haqida bilmoqchi bo‘lsangiz, hoziroq havolaga bosib, videoni tomosha qiling!

 

O‘quvchilar oqimi, natijalar yomg‘irida qolib ketgan filial!

“Registan LC” o‘quv markazining eng katta va nufuzli Farg‘ona filialini yoritishda filial rahbari Baxtiyor Tursunov bizga hamrohlik qildilar. Farg‘ona filiali Quvasoydagi “Yuksalish” ko‘chasida, mahalliy aholi tili bilan aytsak, “Ekstrenniy ko‘cha”da, “Sultan Ahmed” restorani va “Istiqlol grand” tortlari o‘rtasida joylashgan.

Farg‘ona filialimizda binoning yerto‘lasida ham coworking zona va dars xonalari tashkil etilib, bir qarich yerdan ham unumli foydalanilgani e’tiborimizni tortdi. Ikkinchi qavatda ingliz tili va abituriyentlarni tayyorlashga mo‘ljallangan sinfxonalar bo‘lsa, uchinchi qavatda yozgi maktab, ya’ni yosh bolalar uchun kurslar hamda IELTSga tayyorlanadigan sinf xonalari, majlislar zali mavjud.

“Registon” Farg‘ona filialida bugun 100 ga yaqin xodim, 2200 dan ortiq o‘quvchi bor. Bu raqamlar muttasil o‘sishda davom etmoqda. Mazkur filial ochilganiga 1 yil bo‘lishiga qaramay, 80 ga yaqin IELTS natija chiqarildi. Bundan eng yuqori ball 7.5 bo‘lgan. Ustozlarimiz yil oxirigacha 200 dan ortiq natija qayd etishni niyat qilishgan. Qolaversa, jami 400 dan ortiq o‘quvchilar abituriyent fanlaridan tayyorlanishsa, ularning 100 dan ortig‘i shu yil o‘qishga topshirishadi.

Qulay tomoni shundaki, “Registon” o’quv markazining “IDP IELTS” bilan hamkorligi bor. Uchinchi qavatdagi IELTS Mock zona “IDP IELTS” bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Farg‘ona aholisining IELTS imtihonlaridan o‘tishlarida bu ancha qulaylik tug‘dirmoqda. Endi farg‘onaliklar IELTS topshirish uchun Toshkentga borishi shart emas, Farg‘onaning o‘zida “Registan LC” filialida bemalol imtihon topshirishlari mumkin!

Farg‘ona filialining sig‘imi 3 yarim ming kishiga mo‘ljallangan!  Support zonalar esa o‘rtacha hisobda 100 kishini sig‘dira oladi. Support ustozlar 2 smenada, ertalabdan kechgacha o‘quvchilar bilan shug‘ullanishadi. Asosiy maqsad bilimlar yanada mustahkamlanishi, bolalarning  mavzularni mukammal o‘zlashtirib, darslarda tushunmay qolgan narsalarini supportlar bilan tahlil qilishlari va yaxshi natija qayd etishlaridir.

Farg‘ona filialimizda support ustozlar va asosiy ustozlarga ham ishga qabul qilish uchun bir qancha talablar qo‘yilgan. Bu yerda yordamchi ustozlar ikkiga bo‘linadi: Beginner, Elementery, Pre-intermediate darajalar bilan pastki qavatdagi coworking zonada ishlaydigan yordamchi ustoz va Intermediate, IELTS levellari bilan yuqoridagi coworking zonada ishlaydigan yordamchi o‘qituvchilar. Ularni ishga olishdan oldin lider ustozga biriktiramiz. Barcha fanlardan lider o‘qituvchilarimiz bor, avval ular sinab, bizga tavsiya etishadi, keyin biz u kishi bilan suhbat o‘tkazamiz. Yakunda ular bizga dars o‘tib berishadi, keyin maxsus dasturlarimiz asosida ularni o‘qitamiz. Kuzatamiz, haqiqatan ham pedagoglik mahoratiga ega, sohasini mukammal biladigan va qadriyatlarimizga to‘g‘ri keladigan kadr bo‘lsa, ularni, albatta, jamoamizga qabul qilamiz!

– Tarix o‘qituvchisiman. “Registon” o‘quv markazi mening qadriyatlarimga to‘la mos kelgan. Ya’ni, kecha qilgan xatolarimizdan xulosa chiqargan holda ta’lim tizimini rivojlantirish, kerak bo‘lsa, uni isloh qilish niyatim bor edi. Keyin shu yerga ishga kirdim va bugun o‘quvchilarim, qolaversa, “Registan LC” oilasi bilan birgalikda dadil odimlayapmiz, rejalarimiz, maqsadlarimiz juda ham katta! – deydi tarix va huquq fanlari o‘qituvchisi Avazbek Ortiqaliyev.

Filial rahbari Ixtiyor Tursunovning aytishicha, yoz ko‘pchilik uchun ta’til oyi hisoblansa, o‘qish niyatida yurgan ilmga chanqoq o‘quvchilar uchun bu mavsum eng unumli, barokatli fasllardan bo‘ladi. Shuning uchun bugun filialimizga kuniga 30-35 nafar ota-onalar tashrif buyurib, menejerlarimiz bilan suhbatlashishmoqda. Quvonarlisi, ularning 90-95 foiziga o‘quv markazimizdagi muhit, shart-sharoit ma’qul bo‘lib, farzandlarini ustozlarimizga topshirishyapti.

Shuningdek, ayrim dangasa o‘quvchilar ham bo‘ladi, yozda motivatsiyasi “o‘lib”, turli bahonalar bilan o‘qishni tashlab ketishadi. Ularni ushlab qolish va o‘qishga qiziqtirish maqsadida “Exam king” loyihasini yo‘lga qo‘yganmiz. Ya’ni har oyda imtihon olinib, eng yuqori va eng past ball olgan o‘quvchilar e’lon qilinadi. Yaxshi natija qayd etganlarni taqdirlaymiz, ular “Exam king” bo‘lishadi, salbiy natija ko‘rsatganlarga esa vaqt beramiz, agar 2-3 oyda ularda o‘zgarish bo‘lmasa, shartnomani bekor qilib, ular bilan xayrlashamiz…

– Biz bu jamoani qidirib, topib, to‘plamadik. Bu jamoani bizga Xudo berdi, ular o‘z oyog‘i bilan bizni topib kelishdi. Yig‘ildik va jamoa o‘zimiz xohlagan hamda o‘quvchilarimiz kutganidan ham a’lo bo‘lib chiqdi. Jamoa a’zolarining fokusi bitta joyga qaratildi, barcha kuch va imkoniyatlar bir maqsad sari yo‘naltirildi, musht bir joyga urildi, qarabsizki, “Registan LC” Farg‘ona filiali o‘quvchilar oqimi va natijalar yomg‘irida qolib ketdi…

Gapirsak gap ko‘p, yozsangiz, “Xamsa”ning oltinchi dostoni bo‘lib ketadi! Yaxshisi, kelib, o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rganingiz yaxshi. Mingdan ming shukr, katta ta’lim loyihasida buyuk maqsadlar sari harakatlanyapmiz, nasib bo‘lsa, kelajakda orzularimizga birga yetamiz, O‘zbekiston ta’lim tizimini dunyoda birinchi o‘ringa olib chiqamiz! – deydi Farg‘ona filiali asoschisi Ixtiyor Tursunov.

O‘quv markazimizning uchinchi qavatiga ko‘tarilganimizda, bu yer ikkiga bo‘linganiga guvoh bo‘ldik. Yarmida kichkintoylar uchun ingliz tili darslari bo‘layotgan bo‘lsa, yarmi ingliz tili xonalar hamda katta yig‘inlar bo‘ladigan auditoriyadan iborat ekan. Auditoriyada “Teaching Bootcamp” loyihasi doirasida o‘quv markazimizning barcha ingliz tili o‘qituvchilari to‘planib, o‘zaro fikr almashishayotgandi. “Teaching Bootcamp” qanday loyihaligi va unda ishtirok etish sizga nimalar berishi qiziq bo‘lsa, havolaga bosib, videoni tomosha qiling!

Birinchi qism tugadi, davomi bor…