IELTS kurslari

[vc_row][vc_column width=”1/2″][vc_column_text]

Registon O‘quv markazi IELTS kurslari

IELTS (International English Language Testing System – Xalqaro Ingliz Tili Sinovi Tizimi) imtihonining maqsadi ingliz tilida o’qish, yozish, tinglab tushinish va gapirish ko’nikmalarini baholash hisoblanadi. Imtihon tarkibiga kiruvchi 4 bosqichning har biri alohida ko’nikmalarni sinash topshiriqlaridan tashkil topadi. Har bir bosqichdagi sinovlar turlicha bo’lishi mumkin.[/vc_column_text][vc_empty_space height=”20px”][/vc_column][vc_column width=”1/2″][vc_single_image image=”1060″ img_size=”full”][vc_empty_space height=”30px”][/vc_column][/vc_row][vc_row][vc_column][vc_column_text css=”.vc_custom_1525265497198{border-top-width: 1px !important;border-bottom-width: 1px !important;padding-top: 0px !important;padding-right: 50px !important;padding-bottom: 30px !important;padding-left: 50px !important;border-top-color: #eeeeee !important;border-top-style: solid !important;border-bottom-color: #eeeeee !important;border-bottom-style: solid !important;}”]

IELTS imtihonlariga tayyorlashda biz natijaga ishlaymiz va har bir o‘qish bosqichingizni nazorat qilamiz.

[/vc_column_text][vc_empty_space height=”40px”][vc_row_inner][vc_column_inner width=”1/2″][vc_column_text]

Biz qanday o‘qitamiz?

Imtihon tarkibiga kiruvchi 4 bosqichning har biri alohida ko’nikmalarni sinash topshiriqlaridan tashkil topadi. Har bir bosqichdagi sinovda testlar va topshiriqlar turlicha bo’lishi mumkin.

Biz hech qachon sizning vaqtingiz yo’qotilishiga yo’l qo’ymaymiz. Ustozlarimiz ko’p yillik tajribaga ega, xorijda ta’lim olgan va o’z o’qitish metodlariga ega.[/vc_column_text][/vc_column_inner][vc_column_inner width=”1/2″][vc_single_image image=”775″ img_size=”full” add_caption=”yes” onclick=”custom_link” link=”#”][/vc_column_inner][/vc_row_inner][vc_empty_space height=”50px”][vc_column_text]

IELT qanday imtihon va unga qanday tayyorgarlik ko’riladi?

IELTS (ingl. International English Language Testing System) — inglizzabon mamlakatda taʻlim olmoqchi, immigratsiya qilmoqchi yoki amaliyot oʻtamoqchi boʻlgan kishilar uchun test sinovi. Test ona tili ingliz tili boʻlmagan insonlarning bu tilni qanchalik chuqur bilishlarini aniqlashga yordam beradi.

Baholar:

Testning har bir bo’limi uchun ballar 1 dan 9 gacha bo’lgan shkalada o’lchanadi. So’ng 4 bo’lim bo’yicha o’rta ball hisoblanadi. Eng yuqori ball 9.

  • 9 — tajribali foydalanuvchi — ekspert
  • 8 — juda yaxshi foydalanuvchi
  • 7 — yaxshi foydalanuvchi
  • 6 — kompetent foydalanuvchi
  • 5 — o’rtacha foydalanuvchi
  • 4 — chegaralangan foydalanuvchi
  • 3 — nihoyatda chegaralangan foydalanuvchi
  • 2 — qisman foydalanuvchi
  • 1 — foydalanuvchi emas

IELTS testining 2 turi mavjud: Umumiy (IELTS General Training Module) va Akademik (IELTS Academic Module). Umumiy testni o’rta yoki o’rta mahsus ta’lim yo’nalishlaridagi o’quv yurtlariga kirishni xohlovchilar topshirishadi. Bunday o’quv dargohini bitiruvchilar oliy ma’lumot diplomiga da’vogarlik qilishmaydi. Oliy ma’lumotga ega bo’lish maqsadida universitetga o’qishga kirish uchun Akademik testni topshirish talab etiladi. Har ikki turdagi testlarning tuzilishi bir hil, ammo Umumiy testning o’qish uchun beriladigan matni va yozish ko’nikmasini sinovdan o’tkazish topshiriqlari oliy o’quv yurtlariga kirish sinovlari talablarini o’z ichiga olmaydi.

IELTS testlarini tuzuvchilarning aytishicha, ushbu test imtihon qilinuvchining umumiy bilimini ham, uning mahsus tayyorgarligini ham tekshirmaydi. Testning asosiy maqsadi – test topshiruvchining ingliz tilini kelajakda Buyuk Britaniya yoki boshqa biror ingliz tilida gaplashiladigan davlat oliygohlarida muvaffaqiyatli ta’lim olishlari uchun yetarli darajada bilishini aniqlash.

Ingliz tilida gaplashiladigan davlatlarda ta’lim olish jarayonida quyidagi vaziyatlarga duch kelishingiz mumkin:

  • kitob va jurnallar o’qish,
  • yozma topshiriqlarni bajarish,
  • ma’ruzalar tinglash,
  • seminarlarda qatnashish.

IELTSni o’rgatish kursi ohirida o’rganuvchilar quyidagi ko’nikmalarni to’liq o’zlashtirgan bo’lishlari zarur:

  1. Ingliz tilini ona tili sifatida gapiruvchilarning o’rta tezlikda gapirishlarida anglatilayotgan ma’lumotni tinglab tushuna olish va qabul qilingan ma’lumotni sekin, yuqori aniqlik bilan (diktant ko’rinishida) eshitilganlarni aynan takrorlamasdan, gap mazmunini gapirib bera olish.
  2. Xujjatlarni tashkil etish (masalan, xisobotlar, rasmiy va norasmiy xatlar, chizma va diagrammalardagi ma’lumotlarni matn ko’rinishida ifodalash, referatlar yozish), so’rovnoma ko’rinishidagi xujjatlarni to’g’ri to’ldira olish. Xujjatlarni ma’lum cheklangan vaqt ichida aniq to’ldirish hamda xujjatlarni yozish jarayonida kerakli bo’lgan uslubdagi (rasmiy yoki norasmiy) ingliz tilidan foydalana olish.
  3. Ma’lum cheklangan vaqt ichida ijtimoiy muhimlikka ega bo’lgan turli mavzularga asoslangan insholarni yoza olish.
  4. Ko’rib chiqish, ma’lumot qidirish va o’rganish usullaridagi o’qish ko’nikmasini yaxshi o’zlashtirish. Cheklangan vaqt ichida aytilayotgan (og’zaki nutq) yoki yozilgan (matn) axborot ichidan kerkali bo’lgan ma’lumotni topa olish.
  5. Ma’lum bir mavzuning asosiy mazmunini og’zaki tarzda bayon qila olish, mavzu asosida berilishi mumkin bo’lgan savollarga javob berish va buni mos uslubdagi ingliz tili asosida amalga oshira olish.
  6. Ingliz tilida asosiy bilimlarni puxta o’zlashtirganligini namoyon eta olish (masalan, til grammatikasi, leksikasi, orfografiyasi va hokazo).

IELTS imtixoniga ro’yxatdan o’tish to’g’risida ma’lumot qayerdan olsam bo’ladi?

Test Markaziga tashrif buyurib yoki British Council Uzbekistanning rasmiy veb sayti orqali ro’yxatdan o’tishingiz va to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.

IELTS imtihoniga tayyorlanish bo’yicha ba’zi maslahatlar bilan o’rtoqlashamiz.

Imkon boricha ko‘proq yozing

Writing (yozish) qismida ko‘plab talabalar qiyinchiliklarga uchraydi. Ingliz tilidan bilimingizni mukammallashtiring va iloji boricha ko‘proq yozing. Kun oxirida o‘z fikrlaringizni yozib boradigan kundalik tutishingiz yoki ingliz tilidagi forumning faol ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin.

Imtihon formatini bilib oling

Imtihonda vaqtingizni tejash va tayyorlanish uchun to‘g‘ri strategiyani tanlash uchun test tuzilmasi bilan, albatta, tanishib chiqing. Rasmiy saytda IELTS topshirish bo‘yicha bukletni o‘qib chiqish mumkin.

Ingliz tilini guruhlarda o‘rganing

Ingliz tilini kichik guruhlarda o‘rganish so‘zlashish malakasini yaxshilashi isbotlangan. Bu o‘quv markazlaridagi IELTS’ga tayyorlanish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan dasturlarning yuqori darajadagi samaradorligini asoslaydi.

REGISTON o’quv markazi sizni IELTS va Pre IELTS kurslariga taklif etadi.

[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row][vc_row gap=”30″][vc_column][vc_column_text css=”.vc_custom_1524588580929{border-top-width: 1px !important;border-bottom-width: 1px !important;padding-top: 0px !important;padding-right: 50px !important;padding-bottom: 30px !important;padding-left: 50px !important;border-top-color: #eeeeee !important;border-top-style: solid !important;border-bottom-color: #eeeeee !important;border-bottom-style: solid !important;}”]

Quyida Registon o‘quv markazida mavjud til kurslari bilan tanishishingiz mumkin:

[/vc_column_text][vc_row_inner][vc_column_inner width=”1/2″][imagebox show_button=”yes” button_text=”Kurs haqida” title=”Pre IELTS kursi” subtitle=”Intermediate bosqichdan so’ng” image=”1083″ link=”#”]Bu darslar ingliz tili bilimi darajasi pastroq bo’lgan o’quvchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan kurs hisoblanadi.[/imagebox][/vc_column_inner][vc_column_inner width=”1/2″][imagebox show_button=”yes” button_text=”Kurs haqida” title=”IELTS kursi” subtitle=”Pre ILETS bosqichdan so’ng” image=”1082″ link=”#”]Kurs davomida o’quvchilar o’z til saviyalarini 4 qobiliyatni rivojlantirish bo’yicha o’qitiladi (reading, listening, writing va speaking).[/imagebox][/vc_column_inner][/vc_row_inner][/vc_column][/vc_row]