Dedpul bilan ingliz tilini o’rganamiz! Filmda ishlatilgan 5 ta ibora

Dedpul bilan ingliz tilini o’rganamiz! Filmda ishlatilgan 5 ta ibora

17-maydan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida Dedpul 2 filmi namoyish qilina boshladi. Intizorlik bilan kutganmidingiz? Dedpul o’zining o’tkir va qo’pol hazillari bilan alohida ajralib turadi. Film super! Hozir esa biz Dedpul filmida ishlatilgan 5 ibora bilan tanishib chiqamiz. Agar siz filmni ingliz tilida ko’rsangiz nur ustiga a’lo nur bo’ladi. Demak boshladik:

1. Grow up – katta bo’lmoq, o’smoq

Koloss va Ultratovushli Boegolovka Dedpulning navbatdagi qonli to’qnashuvini muhokama qilayotgan holatga e’tibor beramiz. Ular o’rtasida quyidagi suhbat ketgan.

Tarjimasi:

— Qachon u X-Odamlardan biri bo’lish foydali ekanligini tushunadi?

— Qanaqa foyda? Bir xil triko? Tinimsiz portlab ketaveradigan uy?

— Qo’ysangchi, seni o’ldirmaydigan narsa, faqat kuchli qiladi.

So’z-ma so’z tarjimasi:

— Qachon u ulg’ayadi va X-Odamlardan biri bo’lishning afzalliklarini biladi?

— Qanaqa afzalliklar? Bir xil triko (bir xil rangli kiyim)? Har bir necha yil portlab ketuvchi uymi?

— Qo’ysangchi. Uyning portlashi xarakterni kuchaytiradi.

Ushbu grow up iborasi ko’pincha kishini tavsiflayotganda ishlatiladi, masalan:

He grew up in Tashkent.  —  U Toshkentda katta bo’lgan.

Tashkent grew up as a high-tech city.  —  Toshkent yuqori texnologik shahar sifatida rivojlandi.

 

2. Slow (something) down – sekinlashtirish, tezlikni pasaytirish

Ana endi Janob Merchant va pitsa yetkazuvchi suhbatini eslaylik:

Tarjimasi:

Kel, men senga so’zma so’z qaytaraman. Men pitsa buyurtma qilmaganman.

So’z-ma so’z tarjimasi:

Eshit, balki senga sekin qaytararman? Men pitsa buyurtma qilmaganman.

Masalan: You’re driving too fast! Please, slow down a bit. — Sen juda tez ketyapsan, biroz sekinlash.

Weekend is a time to slow down and rest. — Dam olish kuni hayot suratlarini sekinlashtirish va dam olish uchun ayni vaqt.

 

3. Keep away – uzoqroq turish, masofa saqlash, yaqinlashmaslik

Ueyd Uilson o’z vazifasini bajardi va ohirida u pitsa yetkazuvchini qizga yaqinlashmasligini ogohlantirib qo’ymoqchi bo’ldi.

Tarjimasi:

— Meganning yonida qorangni ham ko’rmay, tushundingmi?

— Ha, janob.

So’z-ma so’z tarjimasi:

— Megandan uzoqroq yur, tushunarlimi?

— Ha, janob.

Keep away ingliz tilida eng ko’p ishlatiluvchi iboralardan biri hisoblanadi. Siz uni adabiyot, kin ova seriallarda ko’p uchratasiz. U biror narsadan avaylash maqsadida uzoqroq turish manolarida ishlatiladi, masalan:

Keep away from dogs. They are very hungry and angry. — Itlardam uzoqroq tur. Ular juda och va jahldor.

 

4. Knock out – uzib olish, buzish, yulib olish

Ueyd bizga o’zini tanishtiradi va o’z ishi haqida qisqacha quyidagilarni gapirib o’tadi:

Tarjimasi:

— Biz – huddi tish farishtalari. Bizga to’lashadi, biz esa tishlarini uzib olamiz.

So’z-ma so’z tarjimasi:

— Bizni tish farishtalari deb hisobla. Faqat biz tishlarni uzib olamiz va buning pulini olamiz.

Knock out iborasini eslab oqlish oson. Buni MMA janglarida uchratishingiz mumkin.

I’ve knocked out the glass in my photo frame. — Fotohoshiyam oynasini sindirdim.

 

5. Put (something) up – osib qo’yish

Xorka do’stining kasalligidan afsusda albatta, lekin u har qanday daxshatli narsagaham optimism bilan qaray oladi. Ueydning o’limida u bir qancha yaxshi jihatlarni topadi.

Tarjimasi:

— Qanday baxtli ko’rinayapsan. Maylimi buni o’zimga olib qolaman? Qanday hayotsevar bo’lganingni eslatib turadi. Agar sen saratondan o’ladigan bo’lsang, demak men o’lim o’qida yutib chiqishim mumkin ekan.

So’z-ma so’z tarjimasi:

— Qara qanday baxtli ko’rinyapsan. Buni men o’zimga saqlab, ilib qo’ysam qarshi emasmisan? Endi sen saratondan o’ladigan bo’lsang, demak men baxsda yutib chiqaman.

Put (something) up iborasi asosan biror narsani devorga ko’rinadigan qilib osib qo’yish ma’nosida ishlatiladi.

He put up some shelves in my room. — u mening xonamga bir necha javonlarni ilib qo’ydi.


Dedpul filmi qahramoni shu kabi iboralardan foydalanadi. Filmda albatta bundanda ko’p bir biridan qiziqarli iboralar mavjud. Imkon topib filmni inglizcha variantda ko’ring. Tushunmay qolsangiz subtitrlarni yoqib qo’yishingiz mumkin. Sizga maroqli tomosha tilaymiz.

Aytgancha filmni shahrimiz kinoteatrlarida ham tomosha qilishingiz mumkin. Seanslar jadvali bilan Afisha.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Ushbu maqola Englex.ru saytidagi materiallar asosida tayyorlandi.