Ijodiy imtihon topshirmoqchimisiz? (abituriyentlar diqqatiga )

Ijodiy imtihon topshirmoqchimisiz? (abituriyentlar diqqatiga )

[vc_row][vc_column][vc_column_text]Barchamizga ma’lumki, ayrim Oliy o`quv yurtlarida (Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot universitetida, O’ZMU  va JTU ning Jurnalistika fakultetlarida) test imtihonlaridan tashqari ijodiy imtihon bosqichi ham mavjud. Ya’ni yuqorida ko`rsatilgan Oliyo`quv yurtlariga topshirgan abituriyentlar ijodiy imtihon bosqichida, qayd etilgan biror mavzu asosida insho yozishadi. Mana shu yozilgan insho esa maksimal 70 ballik darajada baholanadi. Bu esa har bir abituriyentning test sinovlaridan yig`ilgan ballariga qo`shimcha tarzda qo`shilib, o`sha Oliy o`quv yurtiga talaba bo`lish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun nima qilish kerak? Albatta, ijodiy imtihonga tayyorgarlik ko`rish kerak. Biz esa“ Registon” o`quv markazida ana shunday imkoniyatni yaratish maqsadida ijodiy imtihonlarga tayyorgalik bosqichini boshladik. Tayyorgarlik davomida  biz abituriyentlarga:

  • Matnlar bilan ishlash jarayonini,
  • Insho yozishning o`ziga xos qonun-qoidalarini,
  • Inshoni boyitadigan, uning yanada ta`sirchanroq chiqishida, abituriyentlarda ma’lumotlar ba’zasini shakllantirishni ,
  • Insho matnida keltiriladigan faktlarni to`g`ri joylashtirishni ,
  • Insho mavzusiga mos sarlavhalar tanlash mahoratini ,
  • Uslubiy, Grammatik va imloviy xatoliklar ustida ishlashni,
  • Umuman olganda Oliy o`quv yurtiga kirish jarayonida yoziladigan insho talablarining barchasini o`rgatamiz.

Buning uchun esa abituriyentlardan muntazam tayyorgarlik talab etiladi. Aziz abituriyentlar bor-yo`g`i hisobingizda ikki oy vaqt bor. Ijodiy imtihonga tayyorlanish vaqti kelmadimikan ?! Shoshiling 70 ballni kiritish imkoniyati sizning qo`lingizda.

 

Ona tili va adabiyot o’qituvchisi

Chorshanbiyeva Dilrabo

[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row][vc_row][vc_column][vc_raw_html]JTNDaWZyYW1lJTIwd2lkdGglM0QlMjI2NDAlMjIlMjBoZWlnaHQlM0QlMjIzNjAlMjIlMjBzcmMlM0QlMjJodHRwcyUzQSUyRiUyRm1vdmVyLnV6JTJGdmlkZW8lMkZlbWJlZCUyRmp2YkdtSzFtJTJGJTIyJTIwZnJhbWVib3JkZXIlM0QlMjIwJTIyJTIwYWxsb3dmdWxsc2NyZWVuJTNFJTNDJTJGaWZyYW1lJTNF[/vc_raw_html][/vc_column][/vc_row]