Prezident maktabiga kirish imtihoni qachon bo‘ladi?
AOKAda boʻlib oʻtayotgan matbuot anjumanida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova Prezident maktablariga qabul jarayonlari va kirish imtihonlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tasarrufida 16 maktab taʼlim jarayonini olib bormoqda. Ulardan 4 tasi Prezident maktabi, 9 tasi ijod maktabi, 3 tasi ixtisoslashtirilgan maktab.
Joriy oʻquv yilidan yana 10 ta yangi Prezident maktabi Buxoro, Fargʻona, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Qashqadaryo, Andijon, Guliston, Navoiy, Termez, Nurafshon shaharlarida ochilishiga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Hozirga qadar Toshkent shahri, Namangan, Xiva va Nukus shaharlarida Prezident maktablari faoliyat koʻrsatayotgan edi.
Bu yil Prezident maktablariga qabul jarayoni 5-iyundan 25-iyunga qadar, yaʼni roʻyxatdan oʻtish jarayoni boʻladi. Kirish imtihonlari 2 bosqichdan iborat boʻlib, birinchi saralash bosqichi 20-25-iyulda, ikkinchi yakuniy imtihonlar 20-23-avgustda boʻlib oʻtadi.
Oʻtgan oʻquv yilida pandemiya sabab kirish imtihonlari boʻlmadi. Joriy yilda 10 ta hududda 5 sinfdan 9 sinfgacha, qolgan 4 ta maktabda 5-6 sinflar uchun qabul boʻladi.
Bu yil hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Talabgor platforma orqali ota-onasi yordamida hujjatlarni toʻldirishi kerak boʻladi.